https://oz.sputniknews.uz/20250926/asaka-motors-rosatom-energiya-saqlash-52286513.html
"Asaka Motors" va "Rosatom" energiya saqlash qurilmalarini ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi
"Asaka Motors" va "Rosatom" energiya saqlash qurilmalarini ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Rosatom korporatsiyasi tarkibidagi TVEL kompaniyasi hamda O‘zbekistonning Asaka Motors International kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik bo‘yicha muhim hujjat imzolandi.
2025-09-26T18:44+0500
2025-09-26T18:44+0500
2025-09-26T18:44+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
rosatom
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52286318_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_7c986bb27d8bca48eeb65d2e192fa832.jpg
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. "Rosatom" korporatsiyasi tarkibidagi TVEL kompaniyasi hamda O‘zbekistonning Asaka Motors International kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik bo‘yicha muhim hujjat imzolandi.Unga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda litiy-ion akkumulyatorlar va energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ish olib boradi.Sog‘lom raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan loyiha elektromobillar va statsionar energiya tizimlari uchun zamonaviy batareyalar ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Asosiy yo‘nalishlar sifatida quyidagilar belgilangan:TVEL – Rosatomning yonilg‘i divizioni bo‘lib, u nafaqat Rossiya AESlari uchun, balki dunyodagi 70 tadan ortiq reaktorga yadro yonilg‘i yetkazib beradi. TVEL bugungi kunda uranni boyitish, barqaror izotoplar ishlab chiqarish va energiya saqlash texnologiyalarini rivojlantirishda dunyo yetakchilaridan biridir.Imzolash marosimi VDNX majmuasida o‘tayotgan “World Atomic Week” haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbir atom sanoatining 80-yillik yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Rossiyaning atom sohasidagi yutuqlari, sanoat innovatsiyalari, ekologik tashabbuslar, tibbiyot, raqamli texnologiyalar va transport bo‘yicha ilg‘or ishlanmalar namoyish etilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250926/jizzaxda-katta-va-kichik-aeslar-quriladi---xodjaev-52259974.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52286318_292:0:3023:2048_1920x0_80_0_0_9c545fcfb217da78adef27ae6b401904.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rosatom korporatsiyasi tvel kompaniya o‘zbekistong asaka motors international strategiya hamkorlik hujjat imzo
rosatom korporatsiyasi tvel kompaniya o‘zbekistong asaka motors international strategiya hamkorlik hujjat imzo
"Asaka Motors" va "Rosatom" energiya saqlash qurilmalarini ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi
Tomonlar O‘zbekistonda litiy-ion akkumulyatorlar va energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ish olib boradi.
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. "Rosatom" korporatsiyasi tarkibidagi TVEL kompaniyasi hamda O‘zbekistonning Asaka Motors International kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik bo‘yicha muhim hujjat
imzolandi.
Unga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda litiy-ion akkumulyatorlar va energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ustida ish olib boradi.
Sog‘lom raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan loyiha elektromobillar va statsionar energiya tizimlari uchun zamonaviy batareyalar ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Asosiy yo‘nalishlar sifatida quyidagilar belgilangan:
ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlash;
komponentlar mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish;
potensial mijozlarni aniqlash;
mahsulotlarni Markaziy Osiyo va boshqa xalqaro bozorlarga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganish.
“O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo bozori energiya saqlash tizimlariga katta qiziqish bildirmoqda. Asaka Motors International biz uchun ishonchli hamkor bo‘la oladi, chunki ular mintaqaviy ehtiyoj va sharoitlarni chuqur anglab yetgan. Bu kelishuv — katta loyiha sari qo‘yilgan muhim birinchi qadmdir”, — deya ta’kidladi "Rosatom" yonilg‘i divizioni vakili Anastasiya Mixaylova.
TVEL – Rosatomning yonilg‘i divizioni bo‘lib, u nafaqat Rossiya AESlari uchun, balki dunyodagi 70 tadan ortiq reaktorga yadro yonilg‘i yetkazib beradi. TVEL bugungi kunda uranni boyitish, barqaror izotoplar ishlab chiqarish va energiya saqlash texnologiyalarini rivojlantirishda dunyo yetakchilaridan biridir.
Imzolash marosimi VDNX majmuasida o‘tayotgan “World Atomic Week”
haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbir atom sanoatining 80-yillik yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Rossiyaning atom sohasidagi yutuqlari, sanoat innovatsiyalari, ekologik tashabbuslar, tibbiyot, raqamli texnologiyalar va transport bo‘yicha ilg‘or ishlanmalar namoyish etilmoqda.