O‘zbekiston va Xitoy shifokorlari hamkorlikda bepul ko‘z jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishadi

© Ministerstvo Zdravooxraneniya RUzUzbekistan i Kitay aktivno sotrudnichayut v meditsine
Uzbekistan i Kitay aktivno sotrudnichayut v meditsine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Obuna bo‘lish
Katarakta kasalligiga chalingan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam qo‘llari cho‘ziladi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy oftalmologlari birgalikda yuzdan ortiq xayriya jarrohliklarini o‘tkazishadi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari xitoylik jarrohlar bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ko‘z kataraktasidan aziyat chekayotgan bemorlarda yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan muruvvat aksiyasini o‘tkazishni boshlashgan.
“Bu yil ezgu tashabbus doirasida mamlakatimizning 3 ta hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj 600 nafardan ortiq bemorlarning ko‘rish qobiliyati tiklanadi. Ayni paytda aksiya Qo‘qon va Qarshi shahrida o‘tkazilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq, Rossiyaning yetakchi shifokorlari ham O‘zbekistonga tashrif buyurib, “Ezgulik missiyasi”ni amalga oshirishgan edi. Missiya doirasida ham jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, ilmiy-amaliy ma’ruzalar ham tashkil etilgan edi.
Chegara bilmas tibbiyot: Rossiyalik shifokorlar insonparvarlik missiyasi bilan yana O‘zbekistonga kelishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Chegara bilmas tibbiyot: Rossiyalik shifokorlar ezgu missiya bilan yana O‘zbekistonga kelishdi
Yangiliklar lentasi
0