https://oz.sputniknews.uz/20250912/rossiyalik-shifokorlar-ozbekiston-51921737.html
Chegara bilmas tibbiyot: Rossiyalik shifokorlar ezgu missiya bilan yana O‘zbekistonga kelishdi
Chegara bilmas tibbiyot: Rossiyalik shifokorlar ezgu missiya bilan yana O‘zbekistonga kelishdi
Sputnik O‘zbekiston
"Ezgulik missiyasi" doirasida 8-13 sentabr kunlari Rossiyaning "RJD-Meditsina" tajribali shifokorlar jamoasi bemorlarga maslahat beradi, operatsiya xonalarida hamkasblariga yordam beradi hamda o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ma’ruzalar o‘tkazadi.Aksiya O‘zbekistonda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda.
2025-09-12T20:15+0500
2025-09-12T20:15+0500
2025-09-12T20:15+0500
o‘zbekiston
rossiya
shifokor
video
multimedia
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0c/51935849_0:308:2730:1845_1920x0_80_0_0_e1c901eba8dcb4404a8caf9e8f0318b5.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Ilsiya Gilmanshina. Aksiya O‘zbekistonda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda. Bu yil missiya doirasi kengaydi — mutaxassislar nafaqat poytaxtga, balki Samarqandga ham tashrif buyurishadi. Toshkentda Rossiyalik shifokorlar bir vaqtning o‘zida to‘qqizta tibbiyot muassasasida — Shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasidan tortib Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi klinikagacha bo‘lishdi. Bular oddiy shahar shifoxonalari edi, bu yerda eng muhimi — har bir bemorga yordam berishga katta ishtiyoq bilan yondashadigan shifokorlar.Ishning dastlabki uch kunida 10 ta jarrohlik amaliyoti, 16 ta ma’ruza, 50 nafardan ortiq bemor ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu quruq raqamlar ortida yangi bilimlar, bu yordamga muhtoj bo‘lgan odamlarning hayoti va tarixining davomi yashiringan.Jamoa tarkibiga turli yo‘nalishdagi mutaxassislar kiradi: endovaskulyar jarroh va rentgenolog, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Chepurnoy; professor, jarroh Vladislav Shirinskiy; Chelyabinskdagi "RJD-Meditsina" klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri, endokrinolog Janna Tarasova; bariatrik jarroh Ruslan Ipatkin; urolog va androlog Stanislav Narishkin; bemorlarni oyoq-qo‘llar amputatsiyasidan saqlab qoluvchi yurak-qon tomir jarrohi Muzaffar Mamatqulov; travmatolog-ortoped Potr Grigoryev hamda akusher-ginekolog Elmira Nurmuxametova.Mutaxassislarning aytishicha, O‘zbekistonlik hamkasblar bilan tez til topishga erishildi. Doktor Ruslan Ipatkin ta’kidlashicha, hamma bir "maktab" tarbiyasini olgan.Har bir yordam — kichik bir mo‘’jiza. "Ezgulik missiyasi" tibbiyot chegaralarni bilmasligini yana bir bor isbotladi.Batafsil - Sputnik videosida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0c/51935849_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_482f2d0c9668daeaa0fdfd61500d7e12.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ezgulik missiyasi rossiyalik shifokorlar o‘zbekiston
ezgulik missiyasi rossiyalik shifokorlar o‘zbekiston
Chegara bilmas tibbiyot: Rossiyalik shifokorlar ezgu missiya bilan yana O‘zbekistonga kelishdi
Eksklyuziv
8-13 sentabr kunlari "RJD-Meditsina"ning tajribali shifokorlar jamoasi bemorlarga maslahat beradi, operatsiya xonalarida hamkasblariga yordam beradi hamda O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ma’ruzalar o‘tkazadi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Ilsiya Gilmanshina. Aksiya O‘zbekistonda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda. Bu yil missiya doirasi kengaydi — mutaxassislar nafaqat poytaxtga, balki Samarqandga ham tashrif buyurishadi. Toshkentda Rossiyalik shifokorlar bir vaqtning o‘zida to‘qqizta tibbiyot muassasasida — Shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasidan tortib Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi klinikagacha bo‘lishdi. Bular oddiy shahar shifoxonalari edi, bu yerda eng muhimi — har bir bemorga yordam berishga katta ishtiyoq bilan yondashadigan shifokorlar.
Ishning dastlabki uch kunida 10 ta jarrohlik amaliyoti, 16 ta ma’ruza, 50 nafardan ortiq bemor ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu quruq raqamlar ortida yangi bilimlar, bu yordamga muhtoj bo‘lgan odamlarning hayoti va tarixining davomi yashiringan.
Jamoa tarkibiga turli yo‘nalishdagi mutaxassislar kiradi: endovaskulyar jarroh va rentgenolog, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Chepurnoy; professor, jarroh Vladislav Shirinskiy; Chelyabinskdagi "RJD-Meditsina" klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri, endokrinolog Janna Tarasova; bariatrik jarroh Ruslan Ipatkin; urolog va androlog Stanislav Narishkin; bemorlarni oyoq-qo‘llar amputatsiyasidan saqlab qoluvchi yurak-qon tomir jarrohi Muzaffar Mamatqulov; travmatolog-ortoped Potr Grigoryev hamda akusher-ginekolog Elmira Nurmuxametova.
“Eng muhimi, buni sezapmiz, hamkasblarimiz o‘z ishlarini chin dildan sevadi. Bo‘lim mudirlarining ko‘zlarida ishtiyoq bor va bemorlar uchun maksimal samarali hamda xavfsiz xizmat ko‘rsatishga harakat qilishapti”— deydi jarroh Aleksandr Chepurnoy.
Mutaxassislarning aytishicha, O‘zbekistonlik hamkasblar bilan tez til topishga erishildi. Doktor Ruslan Ipatkin ta’kidlashicha, hamma bir "maktab" tarbiyasini olgan.
"Biz o‘rgatish uchun emas, balki tajriba almashish uchunkeldik, shuning uchun o‘z qarashlarimizni taqdim etamiz va O‘zbekistonlik hamkasblarimiz biz bilan bo‘lishadigan tajribalarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz, balki biz ularni amalda qabul qilarmiz”,— dedi u.
Har bir yordam — kichik bir mo‘’jiza. "Ezgulik missiyasi" tibbiyot chegaralarni bilmasligini yana bir bor isbotladi.
Batafsil -
Sputnik videosida.