https://oz.sputniknews.uz/20250925/tashkent-zaharlanish-jinoyat-ish-52236821.html
Toshkent viloyatida bolalarning ovqatdan zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Toshkent viloyatida bolalarning ovqatdan zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda vaziyat Quyichirchiq tumanida ham takrorlanib, voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
2025-09-25T15:34+0500
2025-09-25T15:34+0500
2025-09-25T15:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
bolalar ombudsmani
iibb
jinoyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0f/16006308_0:0:2048:1153_1920x0_80_0_0_3f871ba5c0a215d8163fdff75a218e70.jpg
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkent viloyatida bolalarning ovqatdan zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani o‘z rasmiy munosabatida ma’lum qildi.Avvalroq Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir nechta bog‘chalarda bolalarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Vaziyat Quyichirchiq tumanida ham kuzatilgan.Dastlabki tergov ishlari boshlangan.Bolalar ombudsmani ushbu holatni bola manfaatlari nuqtayi nazaridan doimiy kuzatuv ostida saqlashini bildirgan va tergov jarayonlari hamda laboratoriya natijalari bo‘yicha yaqin kunlarda qo‘shimcha axborot taqdim etilishini ma’lum qilgan.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, canitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarining oshxonalari tekshirilib, bolalar iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar laboratoriya tahliliga yuborilgani va ayni paytda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilayotgani aytilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250925/tashkent-bogcha-bolalar-zaharlanish-52225942.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0f/16006308_151:0:1918:1325_1920x0_80_0_0_234715624b79525102ec51baa8bf8f15.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston bolalar ombudsman jinoiy ish iibb
o‘zbekiston bolalar ombudsman jinoiy ish iibb
Toshkent viloyatida bolalarning ovqatdan zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Bolalar ombudsmani vaziyatga munosabat bildirdi hamda qo‘shimcha tafsilotlarni ochiqladi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkent viloyatida bolalarning ovqatdan zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani o‘z rasmiy munosabatida
ma’lum qildi.
Avvalroq Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir nechta bog‘chalarda bolalarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilgani haqida
xabar bergan edik. Vaziyat Quyichirchiq tumanida ham kuzatilgan.
"Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi 1-qismi (Sog‘liq uchun xavfli mahsulot tayyorlash yoki realizatsiya qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan", - deyilgan xabarda.
Dastlabki tergov ishlari boshlangan.
Bolalar ombudsmani ushbu holatni bola manfaatlari nuqtayi nazaridan doimiy kuzatuv ostida saqlashini bildirgan va tergov jarayonlari hamda laboratoriya natijalari bo‘yicha yaqin kunlarda qo‘shimcha axborot taqdim etilishini ma’lum qilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining dastlabki
ma’lumotlariga ko‘ra, canitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarining oshxonalari tekshirilib, bolalar iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar laboratoriya tahliliga yuborilgani va ayni paytda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilayotgani aytilgan edi.