https://oz.sputniknews.uz/20250925/tashkent-bogcha-bolalar-zaharlanish-52225942.html
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi
Sputnik O‘zbekiston
Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir nechta bog‘chalarida tarbiyalanuvchi bolalar sog‘lig‘ida o‘zgarishlar kuzatilib, ular tibbiy yordamga murojaat qilgan
2025-09-25T10:16+0500
2025-09-25T10:16+0500
2025-09-25T10:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
bog‘chalar
bolalar
zaharlanish
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/82/27/822758_0:83:3493:2048_1920x0_80_0_0_7df20de4d22e002f53b5a34c3b5cb024.jpg
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir nechta bog‘chalarida tarbiyalanuvchi bolalar sog‘lig‘ida o‘zgarishlar kuzatilib, ular tibbiy yordamga murojaat qilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Dastlabki tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, bolalarga “oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilgani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, ularga zarur muolajalar ko‘rsatilgan hamda ularning aksariyati shu kunning o‘zida sog‘ayib, uylariga qaytishgan. Og‘ir holatdagi bemorlar qayd etilmagani esa alohida qayd etilmoqda.Vaziyat maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari boshlangan.Ma’lum bo‘lishicha, tibbiy yordamga murojaat qilgan bolalardan olingan tahlillar va iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari namunalari hozirda laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda.Vazirlik holat yuzasidan yakuniy xulosalar o‘rganishlar asosida belgilanib, mutasaddi idoralar tomonidan qo‘shimcha axborot taqdim etilishi kutayotgani haqida ham bayon qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250101/jsst-oziq-ovqat-600-mlnga-yaqin-kishi-47409671.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/82/27/822758_762:0:3493:2048_1920x0_80_0_0_1eb7e4047bd36da4742e6ca4b0812662.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
piskent bo‘ka tuman bog‘cha bolalar tibbiy yordam murojaat
piskent bo‘ka tuman bog‘cha bolalar tibbiy yordam murojaat
Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi
Ilk taxminlarga ko‘ra, zaharlanishga sifatsiz sut va sut mahsulotlari sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir nechta bog‘chalarida tarbiyalanuvchi bolalar sog‘lig‘ida o‘zgarishlar kuzatilib, ular tibbiy yordamga murojaat qilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda. Dastlabki tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, bolalarga “oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilgani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, ularga zarur muolajalar ko‘rsatilgan hamda ularning aksariyati shu kunning o‘zida sog‘ayib, uylariga qaytishgan. Og‘ir holatdagi bemorlar qayd etilmagani esa alohida qayd etilmoqda.
Vaziyat maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari boshlangan.
“Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘ining yomonlashishiga sifatsiz sut mahsulotlari, xususan 3,2 foizli kefir sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ushbu mahsulot Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexlardan birida ishlab chiqarilgani aniqlangan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, tibbiy yordamga murojaat qilgan bolalardan olingan tahlillar va iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari namunalari hozirda laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Vazirlik holat yuzasidan yakuniy xulosalar o‘rganishlar asosida belgilanib, mutasaddi idoralar tomonidan qo‘shimcha axborot taqdim etilishi kutayotgani haqida ham bayon qilgan.