https://oz.sputniknews.uz/20250101/jsst-oziq-ovqat-600-mlnga-yaqin-kishi-47409671.html
JSST: har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan 600 mlnga yaqin kishi jabrlanadi
JSST: har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan 600 mlnga yaqin kishi jabrlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi, ayniqsa ular orasida yosh bolalar ham bor.
2025-01-01T11:34+0500
2025-01-01T11:34+0500
2025-01-01T11:34+0500
dunyoda
jsst
salomatlik
oziq-ovqat
mahsulot
sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/13/43027702_0:156:3070:1882_1920x0_80_0_0_a2eb6351f8a21477167b78d5e3c3672e.jpg
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdurahmon Ismoilov ma’lum qildi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi, ayniqsa ular orasida yosh bolalar ham bor.Mutaxassis mahsulotlarni faqat rasman ruxsat etilgan savdo majmualaridan xarid qilishni, ularning xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari mavjudligiga ishonch hosil qilishni, yaroqlilik muddatlariga, mahsulotlarga xos belgilarning o‘zgarmaganligiga e’tiborli bo‘lish kerakligini eslatgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, uy sharoitlarida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ko‘ngil aynishi, bezovtalik, qayd qilish, ovozning bo‘g‘ilishi, narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi, ko‘z oldining xiralashishi kabi holatlar kuzatilsa, darhol tibbiyot xodimiga murojaat qilish kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20241231/yangi-yil-dasturxon-ovqatlanish-tavsiyalar-47400450.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/13/43027702_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_a24acf72fb70778867a0d76d7ed4f309.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jsst oziq-ovqat
JSST: har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan 600 mlnga yaqin kishi jabrlanadi
Mutaxassis mahsulotlarni faqat rasman ruxsat etilgan savdo majmualaridan xarid qilishni eslatgan.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdurahmon Ismoilov
ma’lum qildi. “Yangi yil bayramini kutib olish uchun xonadonlarda to‘kin dasturxon yozilishi an’anaga aylanib qolgan. Turli xil pishiriqlar, salatlar, konserva mahsulotlari bilan bayram dasturxoni bezatiladi. Lekin ko‘pchilik yurtdoshlarimiz konserva mahsulotlarini xarid qilishda ularni qanday sharoitda tayyorlanganiga e’tibor bermaydilar va aynan bayram kunlari uy sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanish, shu jumladan botulizm kasalligiga duchor bo‘lish holatlari uchrab turibdi”, - deydi u.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi, ayniqsa ular orasida yosh bolalar ham bor.
Mutaxassis mahsulotlarni faqat rasman ruxsat etilgan savdo majmualaridan xarid qilishni, ularning xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari mavjudligiga ishonch hosil qilishni, yaroqlilik muddatlariga, mahsulotlarga xos belgilarning o‘zgarmaganligiga e’tiborli bo‘lish kerakligini eslatgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uy sharoitlarida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida ko‘ngil aynishi, bezovtalik, qayd qilish, ovozning bo‘g‘ilishi, narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi, ko‘z oldining xiralashishi kabi holatlar kuzatilsa, darhol tibbiyot xodimiga murojaat qilish kerak.