https://oz.sputniknews.uz/20250925/mdh-kuch-shtab-rahbar-uchrashuv-52233255.html
Minskda MDH davlatlari Qurolli kuchlari bosh shtab rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Minskda MDH davlatlari Qurolli kuchlari bosh shtab rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlar Qurolli kuchlari bosh shtab rahbarlari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
2025-09-25T14:30+0500
2025-09-25T14:30+0500
2025-09-25T15:02+0500
dunyoda
siyosat
mdh
o‘zbekiston
belarus
minsk
qurolli kuchlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/19/52232907_0:6:1200:681_1920x0_80_0_0_2c883c8e75c34d27c878246eea942ba9.jpg
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Belarus poytaxti Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlar Qurolli kuchlari bosh shtab rahbarlari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MDH raqamli portali xabar berdi.Ma’lum bo‘lishicha, majlis davomida MDH doirasidagi ko‘p tomonlama harbiy hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilingan. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan:Bundan tashqari, majlis qatnashchilari MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirliklari tarkibida faoliyat yuritayotgan radiatsion, kimoviy va biologik vaziyat monitoringi va baholash tizimini rivojlantirish hamda harbiy hamkorlikni ilmiy jihatdan ta’minlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.Mazkur yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar shu yil 10-oktabr kuni Dushanbeda rasman qabul qilinishi rejalashtirilgan 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan MDH harbiy hamkorlik konsepsiyasi doirasidagi strategik yo‘nalishlar bilan bevosita bog‘liq. Hujjat mintaqaviy xavfsizlik, qo‘shma mudofaa tizimlari va harbiy integratsiyani chuqurlashtirishni ko‘zda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250912/mdh-davlat-vakil-kengash-yigilish-51931907.html
o‘zbekiston
belarus
minsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/19/52232907_133:0:1200:800_1920x0_80_0_0_d4c801b0b439efa79c384b43eac4d711.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
minsk mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mdh qurolli kuchlar majlis
minsk mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mdh qurolli kuchlar majlis
Minskda MDH davlatlari Qurolli kuchlari bosh shtab rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
14:30 25.09.2025 (yangilandi: 15:02 25.09.2025) Muhokamalar davomida umumiy havo mudofaasi konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirildi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Belarus poytaxti Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlar Qurolli kuchlari bosh shtab rahbarlari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MDH raqamli portali
xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, majlis davomida MDH doirasidagi ko‘p tomonlama harbiy hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilingan. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan:
Sharqiy Yevropa mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyat tahlili;
2025 yilgacha bo‘lgan harbiy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi;
MDHga a’zo davlatlarning birgalikdagi havo hujumidan mudofaa tizimi faoliyatining natijalari va istiqbollari;
zamonaviy sharoitda harbiy tayyorgarlik va muhandislik ta’minoti masalalari.
Majlisda, shuningdek, MDH mamlakatlari havo mudofaa kuchlari ishtirokida o‘tkazilgan “Jangovar Hamkorlik – 2025” qo‘shma harbiy mashqlari yakunlari muhokama qilingan. Bu mashg‘ulotlar doirasida amaliy jangovar otishma mashqlari ham o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, majlis qatnashchilari MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirliklari tarkibida faoliyat yuritayotgan radiatsion, kimoviy va biologik vaziyat monitoringi va baholash tizimini rivojlantirish hamda harbiy hamkorlikni ilmiy jihatdan ta’minlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi.
Uchrashuv doirasida delegatsiyalar rahbarlari Minsk shahridagi G‘alaba yodgorligiga gul qo‘yib, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirishgan.
Mazkur yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar shu yil 10-oktabr kuni Dushanbeda rasman qabul qilinishi rejalashtirilgan 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan MDH harbiy hamkorlik
konsepsiyasi doirasidagi strategik yo‘nalishlar bilan bevosita bog‘liq. Hujjat mintaqaviy xavfsizlik, qo‘shma mudofaa tizimlari va harbiy integratsiyani chuqurlashtirishni ko‘zda tutadi.