MDH davlatlari doimiy vakillari kengashi yig‘ilishi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v neformalnom sammite SNG

Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v neformalnom sammite SNG
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishdan so‘ng tashkilotga a’zo davlatlarning rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi.
TOShKENT, 12-sen – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo mamlakatlar doimiy vakolatli vakillari kengashining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Uchrashuvda doimiy vakillar, hukumat rahbarlari kengashi, tashqi ishlar vazirlari kengashi va davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlariga tayyorgarlik jarayonini ko‘rib chiqadilar”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, MDHga a’zo mamlakatlar hukumatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 29-sentabr kuni Minskda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Oktabr oyida Dushanbeda MDH davlat rahbarlari kengashi va tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tishi ham ma’lum qilindi.
O‘zbekiston MDH doirasida korrupsiyaga qarshi hamkorlikni qanday kuchaytiradi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
Matbuot markazi
O‘zbekiston MDH doirasida korrupsiyaga qarshi hamkorlikni qanday kuchaytiradi — video
Yangiliklar lentasi
0