Bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan dorilar yo‘q qilindi

© MIBUnichtojenie opasnix lekarstv
Unichtojenie opasnix lekarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2025
Obuna bo‘lish
3,2 mln dona “Dok1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari maxsus pechlarda yoqildi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik.Toshkentda "Dok-1 Maks" siropi ishi bo‘yicha 3,2 mln donadan ortiq dori yo‘q qilindi. Bu haqda Majburiy ijro burosi ma’lum qildi.
MIBning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ijro varaqasiga asosan, “Quramax Medical” MChJ hamda bojxona omborxonalarida saqlanayotgan 3,2 mln. dondan ziyod dori vositalari yo‘q qilindi, deyiladi xabarda.
Shu jumladan, bolalar halokati va nogironligiga sababchi bo‘lgan “Dok1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari ham tegishli tartibda maxsus pechlarda yoqish orqali zararsizlantirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu dori vositalaridan foydalanish oqibatida O‘zbekistonda kamida 68 bola halok bo‘lgan, 16 mingdan ziyod bolalar nogiron bo‘lib qolgan edi.

2022 yilda bo‘lib o‘tgan sud ushbu ishda aybdor deb topilgan O‘zbekiston va Hindiston fuqarolariga maksimal muddat (16-20 yil) jazo tayinlagan edi.
Sudeyskiy molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
“Quramax Medikal”ning litsenziyasi bekor qilindi - Oliy sud
Yangiliklar lentasi
0