MDH davlatlari oktabrda harbiy hamkorlik konsepsiyasini tasdiqlaydi

© Ministerstvo oboroni Kazaxstana. Voyennie Uzbekistana i Kazaxstana proveli sovmestnie ucheniya "Xamkorlik-2024".
 Voyennie Uzbekistana i Kazaxstana proveli sovmestnie ucheniya Xamkorlik-2024. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2025
Obuna bo‘lish
Lebedev: MDH hududida harbiy hamkorlik bugungi geosiyosiy vaziyatda barqarorlikni ta’minlash uchun muhim vositaga aylanmoqda.
TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) a’zo davlatlar 10-oktabr kuni Dushanbe shahridagi yig‘ilishi chog‘ida 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik konsepsiyasini rasmiy ravishda qabul qilish rejalashtirilmoqda.
MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning ta’kidlashicha, mazkur hujjatda qisqa muddatli istiqbolda harbiy hamkorlik yo‘nalishlari, yangi maqsadlar hamda kengaytirilgan faoliyat strategiyasi belgilanishi nazarda tutadi.
Hujjatda mudofaaga tegishli sohalarda qo‘shma tizimlar yaratish, qurolli kuchlararo integratsiyani kuchaytirish va MDH hududlarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari markaziy o‘rin egallaydi.
Shuningdek, Lebedev MDH hududida harbiy hamkorlik bugungi geosiyosiy vaziyatda barqarorlikni ta’minlash uchun muhim vosita bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Muqaddam MDHga a’zo davlatlar o‘tgan yili Minskda o‘tkazilgan mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishida ham 2030-yilgacha bo‘lgan hujjatni rivojlantirish rejalari muhokama qilingan edi.

Prezident Uzbekistana prinyal uchastie v neformalnom sammite SNG
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
MDH davlatlari doimiy vakillari kengashi yig‘ilishi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0