Dunyo musiqachilari “Gelendjik - Molodoe” jaz festivalini yondirishdi
14:00 24.09.2025 (yangilandi: 14:23 24.09.2025)

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Obuna bo‘lish
Festivalning asosiy voqeasi saksofonchi Taras Gusarov va produser Artemiy Menshikov tomonidan tashkil etilgan “Imperialis Orchestra” kollektivi chiqishi bo‘ldi.
TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Rossiya, AQSh, Hindiston, Braziliya, Xitoy, Italiya va Kuba musiqachilari “Gelendjik - Molodoe” jaz festivalini yondirishdi.
Rossiya xalq artisti triosi, jazmen Daniil Kramer qo‘shiqchi Yekaterina Gotlib bilan birgalikda ijro etgan Anna Germanning “Gorod vlyublonnix” (“Oshiqlar shahri”) qo‘shig‘i festivalning norasmiy madhiyasi bo‘ldi.

Djazoviy festival "Gelendjik - Molodoe"
© Sputnik / Maksim Blinov
Braziyalik qo‘shiqchi va gitarachi Joander Santos, xitoylik eng mashhur saksofonchi va vokalchilardan biri Reni Bao, Hindistonning “Rajeev Raja Combine” ansambli hamda Kuba jaz maktabi vakili, perkussionchi Norlan Maturel o‘z kompozitsiyalarini ijro etishdi.
“Hozir dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan musiqachilar bu sahnada butun dunyoning siyosatchilari, hukumatlari bunday ajoyib narsani yaratish uchun qanday birgalikda inoq o‘ynashgan bo‘lishlari mumkinligini ko‘rsatish uchun musiqa ijro etishmoqda. Rossiya – tinchlik tarafdori. Musiqachilar – tinchlik tarafdori. Bu yerdagi barchamiz – shubhasiz, tinchlik, biroq adolatli tinchlik tarafdorimiz. Rossiyaga adolatsiz dunyoga toqat qilmaydi. Hozir adolatli dunyo uchun urush ketmoqda”, - dedi festivalning ochilish marosimida uning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi, “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov.
“Gelendjik - Molodoe” festivali uchun pianinochi Yakov Okun g‘arb musiqachilari va rossiyalik saksofonchilar Sergey Golovnya, Andrey Krasilnikov va Roman Sokolov bilan qo‘shma dasturni taqdim etdi. Vokal solosini Sandra Frakenberg ijro etdi.
“Gelenjikda men o‘zimni uydagiday his qilaman. Braziliya muhiti his qilinadigan ajoyib ob-havo, plyajlarlar bor. Men bu yerda ilk marotaba va allaqachon bu yerda yashashni istayman!”, - dedi braziyalik qo‘shiqchi va gitarachi Joander Santos
“Men o‘ylaymanki, Gelenjik bu yerga dunyoning turli mamlakatlaridan musiqachilar, eng yaxshi musiqachilar kelishi uchun munosib. Musiqachilarning ham Gelenjikni, Rossiyaning aynan bu qismini ko‘rishlari g‘oya muhim. Sahnada Rossiya, AQSh, Xitoy, Braziliya, Hindiston, Italiya va Kuba Ozodlik orollaridan musiqachilar chiqish qiladi. Bizda eng iqtidorlilarning ajoyib musiqiy tarkibi bor”, - dedi Dmitriy Kiselov jurnalistlarga.

Djazoviy festival "Gelendjik - Molodoe"
© Sputnik / Maksim Blinov
Festivalning asosiy voqeasi saksofonchi Taras Gusarov va produser Artemiy Menshikov tomonidan tashkil etilgan “Imperialis Orchestra” kollektivi chiqishi bo‘ldi. Artistlar repertuari barcha davr va yo‘nalishlarni o‘zida uyg‘ulashtirdi – klassik musiqa va jazdan tortib zamonaviy usullargacha, jumladan, pop va rok.

Djazoviy festival "Gelendjik - Molodoe"
© Sputnik / Maksim Blinov
Festivalning barcha artistlari, jumladan, “Imperialis Orchestra” kollektivi badiiy rahbari Taras Gusarov, Sandra Frakenberg va xorijlik qo‘shiqchilar sahnaga qo‘shma improvizatsiya bilan chiqishdi va bu Gelinjikdagi musiqa bayramining yakuni bo‘ldi.
“Men o‘ylaymanki, bu yerda yanada ko‘proq musiqachilar keladi, sahna yanada yaxshi bo‘ladi, jamiyat shov-shuvi esa yanada yorqinroq bo‘ladi. Umid qilamanki, bu yerda barpo etilayotgan “Oq orol” deb nomlanuvchi vino shahri nafaqat vino poytaxti, balki Rossiyaning vino yuragi bo‘ladi. Kelajakda esa u “Gelendjik - Molodoe” jaz festivalining jiddiy maydonini o‘zida mujassam etadi”, - deya qo‘shimcha qildi Kiselov.
“Rossiya segodnya” media guruhi tomonidan “Krasniy kvadrat” media kontent ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi ko‘magida tashkil etilgan. “Gelendjik - Molodoe” jaz festivali ilk marta 2024-yil 24-25 sentabr kunlari Gelenjikda bo‘lib o‘tgan. Loyihaning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi, “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov.
