Rossiyadan Toshkentga "San’at olami" karvoni yetib keldi – video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Dasturdan jahonga mashhur rus bastakorlarining nodir asarlari, zamonaviy klassikaning o‘ziga xos talqinlari hamda dunyoga mashhur opera yulduzlarining chiqishlari o‘rin olgan.
TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri (DAKT) sahnasida "San’at olami" nomli birinchi Rossiya san’ati festivali ochiq deb e’lon qilindi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
Festival Sergey Prokofyevning "Romeo va Juletta" nomli baleti bilan boshlandi. Uni Erik Sapayev nomidagi Marinskiy davlat akademik opera va balet teatri sahnalashtirgan.
"Badiiy ifoda va hayratga to‘la ajoyib spektakl! "Romeo va Juletta" baletini Sankt-Peterburgdagi Marinskiy teatrida tomosha qilgan edik. Bugun ham spektakldan zavqlandik”, – deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi Rossiyadan tashrif buyurgan mehmon Yuliya Tixomirova.
Mariy El Respublikasi davlat raqs ansambli festivalning ikkinchi kunida mehmonlarga Rossiya raqs madaniyatining rang-barangligi va boyligini namoyish etuvchi dasturni taqdim etdi.

"Biz Mariy El Respublikasining 105-yillik yubileyini tarannum etmoqdamiz. Shu bois, ikkinchi kun ham respublikaning juda mashhur va sevimli ijodiy jamoasi faoliyatiga bag‘ishlangan”, – dedi Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazi prezidenti, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Tatyana Shumova.

Bundan tashqari, festival doirasida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Karen Shaxnazarov bilan uchrashuv va uning “Xitrovka. To‘rtlik alomati” (Xitrovka. Znak chetirex) filmining taqdimoti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida esa organ va skripka jo‘rligida Mayakovskiy va Yesenin haqidagi musiqiy-adabiy spektakl namoyish etiladi.
O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadigan "Opera durdonalari" katta konserti poytaxt aholisi va mehmonlari uchun alohida hodisaga aylandi. Unda Rossiya davlat akademik katta teatri, Marinskiy davlat akademik teatri, Moskvaning Gelikon-opera musiqali teatri va Kovent-Garden qirollik opera teatri (Angliya) xonandalari DAKT direktori Alibek Kabdurahmonov dirijorligi ostida O‘zbekiston milliy simfonik orkestri chiqish qiladi.
"San’at olami" festivali an’anaviy tus olishi va o‘zbekistonliklar hamda respublika mehmonlariga Rossiya san’atining yangi qirralarini kashf etish, shuningdek, taniqli ijrochi va san’atkorlar bilan tanishish imkonini berishi kutilmoqda.
Tafsilotlar bilan Sputnik O‘zbekiston videosida tanishishingiz mumkin.
Glinka tanlovi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Glinka tanlovi g‘oliblari O‘zbekistonda konsert berishdi
Yangiliklar lentasi
0