Poytaxtda “Classical music fest in Tashkent” festivali boshlandi

© Press-slujba Ministerstva kulturiV stolitse startoval festival "Classical music fest in Tashkent"
V stolitse startoval festival Classical music fest in Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda “Classical music fest in Tashkent” musiqa festivali boshlandi. Unda dunyoning mashhur ijrochilari O‘zbekiston orkestrlari hamrohligida sahnaga chiqadi
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Xalqaro anjumanlar saroyida “Classical music fest in Tashkent ” musiqa festivali boshlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Festival Madaniyat vazirligi, Davlat filarmoniyasi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yevropaning madaniyatni qo‘llab-quvvatlash fondi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
3 oktabrgacha davom etadigan mazkur festivalda Behzod Abduraimov, Stanislav Yudenich, Maksim Vengerov, Mark Bushkov, Yekwon Sunwoo, Aleksandr Chaushan, Mixail Pletnyov, Sergey Krilov singari dunyoning taniqli musiqachilari O‘zbekiston davlat simfonik orkestri va Milliy simfonik orkestri hamrohligida o‘z konsertlarini taqdim etishadi.
Shu munosabat bilan joriy yilning Xalqaro anjumanlar saroyida festivalning ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Matbuot anjumanidan so‘ng Xalqaro Anjumanlar saroyi sahnasida AQShning Park universiteti Xalqaro musiqa markazi rezident ijrochisi Behzod Abdurahimovning O‘zbekiston milliy simfonik orkestri hamrohligidagi katta konserti bo‘lib o‘tdi.
Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad – globallashuv sharoitida o‘zbek madaniyati va san’atini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish. Shu bilan birga, O‘zbekistonda jahon klassik musiqasini rivojlantirish, xorijiy mashhur ijrochilar tajribasini muxlislarga yetkazish va ular ishtirokida mahorat darslari tashkil etish nazarda tutilgan. Shuningdek, sohaning yetakchi mutaxassislari va jamoalarining xalqaro tanlov va festivallarda qatnashishiga sharoit yaratish ham muhim vazifa sifatida belgilangan.
Toshkentda Rossiya san’ati festivali ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2025
Rossiyadan Toshkentga "San’at olami" karvoni yetib keldi – video
Yangiliklar lentasi
0