https://oz.sputniknews.uz/20250923/uzbekistan-boeing-dreamliner-samolyot-52168892.html
O‘zbekiston yana 22ta Boeing sotib oladi
O‘zbekiston yana 22ta Boeing sotib oladi
Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan Airways Boeing bilan 22 ta Dreamliner xarid qilish bo‘yicha $8 mlrdlik shartnoma tuzdi. Dastlabki samolyotlar 2031-yildan yetkaziladi. Donald Tramp kelishuv AQShda 35 ming ish o‘rni yaratadi, deb ta’kidladi.
2025-09-23T11:30+0500
2025-09-23T11:30+0500
2025-09-23T16:21+0500
o‘zbekiston
uzbekistan airways
samolyot
import
shartnoma
donald tramp
turizm
investitsiya
aqsh
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49392451_23:0:3664:2048_1920x0_80_0_0_746782129973ae4d19023b3691886906.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Uzbekistan Airways kompaniyasi Boeing bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish bo‘yicha qat’iy shartnoma imzoladi. Shartnomada yana 8ta havo kemasi opsion tariqasida ko‘zda tutilgan. Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ matbuot xizmati xabar berdi.Shartnoma bo‘yicha dastlabki yetkazib berishlar 2031-yildan boshlanishi kutilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp ham ushbu kelishuvni o‘zining Truth Social sahifasida olqishladi:Yangi avialaynerlar yordamida O‘zbekistonni Markaziy Osiyo Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqalari bilan yanada mustahkam bog‘lanadi.Loyiha Uzbekistan Airwaysning strategik vazifasi — Toshkentni mintaqaning yetakchi xalqaro tranzit xabiga aylantirish maqsadiga xizmat qiladi. Shu orqali turizm, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik rivojiga keng yo‘l ochiladi. Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni Nyu Yorkda AQShning tog‘kon sanoatidagi yetakchi kompaniya rahbarlari, shuningdek AQShning yirik investitsion kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250923/shavkat-mirziyoev-aqs-bitim-52165705.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49392451_933:0:3664:2048_1920x0_80_0_0_63fb069e2167caaed707ebdaf1e20116.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
uzbekistan airways, boeing 787 dreamliner, uzbekistan airways boeing shartnoma, uzbekistan airways yangi samolyotlar, uzbekistan airways $8 mlrd bitim, uzbekistan airways 2031 yetkazib berish, uzbekistan airways aqsh, shavkat mirziyoyev boeing, donald tramp boeing kelishuvi, 8 milliard dollar kelishuv
uzbekistan airways, boeing 787 dreamliner, uzbekistan airways boeing shartnoma, uzbekistan airways yangi samolyotlar, uzbekistan airways $8 mlrd bitim, uzbekistan airways 2031 yetkazib berish, uzbekistan airways aqsh, shavkat mirziyoyev boeing, donald tramp boeing kelishuvi, 8 milliard dollar kelishuv
O‘zbekiston yana 22ta Boeing sotib oladi
11:30 23.09.2025 (yangilandi: 16:21 23.09.2025) Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasida 8 milliard dollarlik shartnoma tuzildi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Uzbekistan Airways kompaniyasi Boeing bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish bo‘yicha qat’iy shartnoma imzoladi. Shartnomada yana 8ta havo kemasi opsion tariqasida ko‘zda tutilgan. Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ matbuot xizmati
xabar berdi.
Shartnoma bo‘yicha dastlabki yetkazib berishlar 2031-yildan boshlanishi kutilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp ham ushbu kelishuvni o‘zining Truth Social sahifasida olqishladi:
"Shu oy boshida men O‘zbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni "Boeing" bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! "Uzbekistan Airways" 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev - bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur".
Yangi avialaynerlar yordamida O‘zbekistonni Markaziy Osiyo Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqalari bilan yanada mustahkam bog‘lanadi.
Loyiha Uzbekistan Airwaysning strategik vazifasi — Toshkentni mintaqaning yetakchi xalqaro tranzit xabiga aylantirish maqsadiga xizmat qiladi. Shu orqali turizm, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik rivojiga keng yo‘l ochiladi.
Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni Nyu Yorkda AQShning tog‘kon sanoatidagi yetakchi kompaniya rahbarlari, shuningdek AQShning yirik investitsion kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi.