Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezident bilan uchrashuvdan so‘ng AQSh kompaniyalari bilan qator muhim kelishuvlar imzolandi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Kecha Nyu-Yorkda Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda muhim xomashyo va minerallar bilan shug‘ullanuvchi “Traxys”, tog‘-kon va boyitish sanoati uchun texnologiyalar va uskunalarni ishlab chiqaruvchi “FLSmidth”, konsalting va strategik rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi “McKinsey” va boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda muhim xomashyo va minerallar bilan shug‘ullanuvchi “Traxys”, tog‘-kon va boyitish sanoati uchun texnologiyalar va uskunalarni ishlab chiqaruvchi “FLSmidth”, konsalting va strategik rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi “McKinsey” va boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, aviatsiya va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi “Boeing”, investitsiya va aktivlarni boshqarish kompaniyasi “Blackrock”, AQShning eng yirik moliyaviy korporatsiyasi “Citigroup” va boshqa kompaniyalar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s liderami vedushix kompaniy SShA
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha AQSh kompaniyalari bilan imzolangan bitimlar:
Transport vazirligi va "Boeing" kompaniyasi o‘rtasida transport sohasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida bitim;
"Texnopark" MChJ va "FLSmidth" kompaniyasi o‘rtasida tog‘-kon uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim;
"Akfa group" va "Cleveland Clinic" o‘rtasida ko‘p tarmoqli klinika va ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida bitim;
"Centrum Air" aviakompaniyasi va "Oppenheimer" investitsiya kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va "Citigroup" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
"O‘zbekgidroenergo" AJ va "Cargill Financial Services International" kompaniyasi o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
"O‘ztransgaz" AJ va "Pangea Filtration Technology" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda "Cove Capital" kompaniyasi o‘rtasida istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risida bitim;
"Yangi Kon" MChJ va "SLB" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan "Biologic International" kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt va biotexnologiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jamg‘armalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim.
Shuningdek, Nyu-Yorkda 22-sentabr kuni AQShning yetakchi kompaniyalari, investitsiya jamg‘armalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s liderami vedushix kompaniy SShA
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana