https://oz.sputniknews.uz/20250923/tashkent-ict-week-uzbekistan-axborot-kommunikatsiya-texnologiy-52180169.html
Toshkentda ICT Week Uzbekistan haftaligi boshlandi
Toshkentda ICT Week Uzbekistan haftaligi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ICT Week Uzbekistan 2025 start oldi. 50 mamlakat vakillari, 300 mln dollar sarmoya, 120 ming IT-mutaxassis va Yandeks “Alisa” o‘zbek tilida
2025-09-23T15:46+0500
2025-09-23T15:46+0500
2025-09-23T16:00+0500
o‘zbekiston
axborot texnologiyalari (it)
anjuman
sammit
forum
ko‘rgazma
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52181491_1:0:1743:980_1920x0_80_0_0_df56435e88dd1a1abf282aefa587544f.png
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Toshkentda 26-sentabrga qadar davom etadigan "ICT Week Uzbekistan 2025" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.Ekspozitsiya 15 ming kvadrat metrni egallaydi, unda sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va kelajak texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yechimlar namoyish etiladi. Tadbirda so‘zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda IT-mutaxassislari soni 2017-yildagi 5 mingdan 2025-yilda 120 minggacha oshganini, 2030-yilga borib ularning soni 300 mingga yetishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.ICT Week ning eng qiziqarli yangiliklaridan biri — Yandex kompaniyasi taqdimoti. Endilikda ovozli yordamchi Alisa o‘zbek tilida ham ishlaydi. Assistent foydalanuvchi savollariga javob beradi, ob-havo ma’lumotini aytib beradi, aaqlli uy qurilmalarini boshqaradi va bolalar ertaklarini o‘qib beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250917/fargona-at-shaharchasi-52033117.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52181491_218:0:1525:980_1920x0_80_0_0_87d71698cb2b175f13fedee39e57f69f.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ict week uzbekistan 2025, toshkent it haftaligi, sherzod shermatov, venchur investitsiyalar o‘zbekiston, it park global startup awards, yandeks alisa o‘zbek tili, ict expo 2025, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt o‘zbekiston, it-mutaxassislar soni
ict week uzbekistan 2025, toshkent it haftaligi, sherzod shermatov, venchur investitsiyalar o‘zbekiston, it park global startup awards, yandeks alisa o‘zbek tili, ict expo 2025, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt o‘zbekiston, it-mutaxassislar soni
Toshkentda ICT Week Uzbekistan haftaligi boshlandi
15:46 23.09.2025 (yangilandi: 16:00 23.09.2025) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasida 50 dan ortiq davlat vakillari va 20 delegatsiya qatnashmoqda.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Toshkentda 26-sentabrga qadar davom etadigan "ICT Week Uzbekistan 2025" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
50 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etayotgan tadbir dasturidan xalqaro forumlar, sammitlar, konferensiyalar, shuningdek, IT-ta’lim ko‘rgazmasi va Global Startup Awards taqdirlash marosimi o‘rin olgan.
Ekspozitsiya 15 ming kvadrat metrni egallaydi, unda sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va kelajak texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yechimlar namoyish etiladi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda IT-mutaxassislari soni 2017-yildagi 5 mingdan 2025-yilda 120 minggacha oshganini, 2030-yilga borib ularning soni 300 mingga yetishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
"Bizning vazifamiz mamlakat ichida yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratish va kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish edi. Bugun biz ushbu yondashuvning natijalarini ko‘rmoqdamiz: mamlakat nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biriga aylandi," - dedi vazir.
ICT Week ning eng qiziqarli yangiliklaridan biri — Yandex kompaniyasi taqdimoti. Endilikda ovozli yordamchi Alisa o‘zbek tilida ham ishlaydi. Assistent foydalanuvchi savollariga javob beradi, ob-havo ma’lumotini aytib beradi, aaqlli uy qurilmalarini boshqaradi va bolalar ertaklarini o‘qib beradi.