Farg‘ona viloyatida yangi AT shaharchasi ish boshladi
Farg‘ona viloyatida yangi AT shaharchasi ish boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yangi Axborot texnologiyalari (AT) shaharchasi o‘z faoliyatini boshladi. U yerda bolalar va yoshlarga raqamli texnologiyalar, chet tillari bepul o‘qitiladi va bolalarga o‘z loyihalarini yaratishga imkon beriladi.
TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Joriy yil iyulida Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yangi Axborot texnologiyalari (AT) shaharchasi o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar beradi Sputnik muxbiri.U yerda bolalar va yoshlar raqamli texnologiyalar va chet tillarini o‘rganishi hamda o‘z loyihalarini yaratish imkoniga ega. Jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-turda darslar qanday o‘tishi, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilganligi ko‘rsatildi.Masalan, ustozlardan biri, 19 yoshli Muhammadali Mamadaliyev o‘zining sun’iy intellekt loyihasi bilan o‘rtoqlashdi. Yosh mutaxassis kar va soqov odamlar bilan aloqa o‘rnatishga yordam beradigan tizim ustida ishlamoqda. Kamera imo-ishoralarni qayd etadi, shundan so‘ng sun’iy intellekt ularni matnli nutqqa aylantiradi.Muallifning so‘zlariga ko‘ra, bunday vosita texnologiyadan foydalanishga imkon beradi, masalan, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan odamlar ko‘pincha to‘g‘ri tushuna olmaydigan davlat xizmatlariga murojaat qilishda.Farg‘ona AT shaharchasi eng yangi texnologiyalar bilan to‘liq jihozlangan – o‘quvchilar dasturlash, grafik dizayn, 3D bosib chiqarish va boshqa talab yuqori yo‘nalishlarni chuqurroq o‘rganishadi. Markaz bir vaqtning o‘zida 300 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, yil davomida bu yerda 1200 nafargacha yoshlar tahsil olishi mumkin. Hozir shaharchada 600 nafar bola ta’lim olmoqda. Shaharcha nafaqat ta’lim muassasasi, balki martaba oshirish yo‘lidagi boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.AT shaharchasi mazmunli dam olish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Bunday markazlarda kutubxonalar, shaxmat xonalari, sport maydonchalari va ish markazi hududlari mavjud. Yoshlar nafaqat o‘rganishadi, balki muloqot qilishadi, ijodiy loyihalar ustida ishlashadi va qulay muhitda dam olishadi. Mamlakatning 13 ta hududida 15 ta AT shaharchalari ochilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim berishga qaratilgan tegishli qarorni imzolagan.Bugungi kunda bunday markazlar Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda mingga yaqin talabalar zamonaviy kasblarni bepul o‘zlashtirishmoqda. Dastur 5-11 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Ular uch oy ichida asosiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.Tez orada AT shaharchalari Buxoro va Andijonda, noyabrda Navoiy va Namanganda ham paydo bo‘ladi. Loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston mintaqalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Shaharcha nafaqat ta’lim muassasasi, balki martaba oshirish yo‘lidagi boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Joriy yil iyulida Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yangi Axborot texnologiyalari (AT) shaharchasi o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar beradi Sputnik muxbiri.
U yerda bolalar va yoshlar raqamli texnologiyalar va chet tillarini o‘rganishi hamda o‘z loyihalarini yaratish imkoniga ega.
Jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-turda darslar qanday o‘tishi, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilganligi ko‘rsatildi.
Masalan, ustozlardan biri, 19 yoshli Muhammadali Mamadaliyev o‘zining sun’iy intellekt loyihasi bilan o‘rtoqlashdi. Yosh mutaxassis kar va soqov odamlar bilan aloqa o‘rnatishga yordam beradigan tizim ustida ishlamoqda. Kamera imo-ishoralarni qayd etadi, shundan so‘ng sun’iy intellekt ularni matnli nutqqa aylantiradi.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, bunday vosita texnologiyadan foydalanishga imkon beradi, masalan, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan odamlar ko‘pincha to‘g‘ri tushuna olmaydigan davlat xizmatlariga murojaat qilishda.
“AT shaharchasida inklyuziv ta’lim sharoitlari yaratilgan. Bu yerda mashg‘ulotlarga ishtirok etish uchun, jumladan, nogironlar aravachasida harakatlanish uchun ham hech qanday to‘siqlar yo‘q. Barcha auditoriya va laboratoriyalarda hamma bilim olish imkoniyati ega”, - dedi O‘zbekiston Raqamli rivojlanish vazirligidagi hududlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Sultonbek Boqijonov.
Farg‘ona AT shaharchasi eng yangi texnologiyalar bilan to‘liq jihozlangan – o‘quvchilar dasturlash, grafik dizayn, 3D bosib chiqarish va boshqa talab yuqori yo‘nalishlarni chuqurroq o‘rganishadi. Markaz bir vaqtning o‘zida 300 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, yil davomida bu yerda 1200 nafargacha yoshlar tahsil olishi mumkin. Hozir shaharchada 600 nafar bola ta’lim olmoqda. Shaharcha nafaqat ta’lim muassasasi, balki martaba oshirish yo‘lidagi boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
AT shaharchasi mazmunli dam olish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Bunday markazlarda kutubxonalar, shaxmat xonalari, sport maydonchalari va ish markazi hududlari mavjud. Yoshlar nafaqat o‘rganishadi, balki muloqot qilishadi, ijodiy loyihalar ustida ishlashadi va qulay muhitda dam olishadi. Mamlakatning 13 ta hududida 15 ta AT shaharchalari ochilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim berishga qaratilgan tegishli qarorni imzolagan.
Bugungi kunda bunday markazlar Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda mingga yaqin talabalar zamonaviy kasblarni bepul o‘zlashtirishmoqda. Dastur 5-11 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Ular uch oy ichida asosiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Tez orada AT shaharchalari Buxoro va Andijonda, noyabrda Navoiy va Namanganda ham paydo bo‘ladi. Loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston mintaqalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.