https://oz.sputniknews.uz/20250923/shovqin-himoya-qonun-dam-vaqt-qurilish-ish-transport-javobgarlik-52176528.html
Oliy Majlis “Shovqindan himoya qilish” haqidagi qonunni ko‘rib chiqmoqda
Oliy Majlis “Shovqindan himoya qilish” haqidagi qonunni ko‘rib chiqmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“Shovqindan himoya qilish” qonuni muhokamada. Asosan dam olish soatlari uzaytirilishi, qurilish vaqti cheklanishi, transport shovqini uchun javobgarlik kuchaytirilishi va shovqinli ish sharoitida ishlovchilarga qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilanmoqda
2025-09-23T13:52+0500
2025-09-23T13:52+0500
2025-09-23T13:52+0500
o‘zbekiston
oliy majlis qonunchilik palatasi
loyiha
dam olish kuni
qoidabuzarlik
yangi qoidalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52176339_0:0:2910:1637_1920x0_80_0_0_9bd7d7b8a1f21dd889b88b37188d5f5c.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlisda “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilyapti.Belgilangan meyordan ortiq shovqinga yo‘l qo‘yayotgan obyektlar faoliyatini to‘xtatib turish, shovqin ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirish bo‘yicha normalar kiritilmoqda.Undan tashqari, shovqini darajasi belgilangan meyordan yuqori bo‘lgan mehnat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning maoshini oshirish ham qonunda mustahkamlanib qo‘yilmoqda.Shovqin darajasi normadan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250916/korruptsiya-haqida-xabar-berish-tizimi-kamichlik-52001465.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52176339_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_17fd64388c86788bfa651196292b0bed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shovqin qonuni o‘zbekiston, aholini shovqindan himoya qilish, shovqin meyorlari, dam olish vaqtlari o‘zgarishi, javobgarlik kuchaytirilishi, parlament muhokamasi, shovqin uchun kompensatsiya, qurilish ishlari vaqti, transport shovqini, ma’muriy javobgarlik
shovqin qonuni o‘zbekiston, aholini shovqindan himoya qilish, shovqin meyorlari, dam olish vaqtlari o‘zgarishi, javobgarlik kuchaytirilishi, parlament muhokamasi, shovqin uchun kompensatsiya, qurilish ishlari vaqti, transport shovqini, ma’muriy javobgarlik
Oliy Majlis “Shovqindan himoya qilish” haqidagi qonunni ko‘rib chiqmoqda
Yangi qonunda aholi osoyishtaligini buzish mumkin bo‘lmagan vaqt 8 soatgacha, bayram kunlari esa 11 soatgacha uzaytirish nazarda tutilgan.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlisda “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda
ko‘rib chiqilmoqda.
Yangi qonun loyihasida fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i amaldagi 7soatdan 8 soatgacha (23:00—07:00), bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha uzaytirish taklif etilmoqda.
Ushbu vaqt oralig‘ida fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilyapti.
Belgilangan meyordan ortiq shovqinga yo‘l qo‘yayotgan obyektlar faoliyatini to‘xtatib turish, shovqin ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirish bo‘yicha normalar kiritilmoqda.
Shuningdek, aholi istiqomat qiladigan ko‘p kvartirali uylarda shovqining yo‘l qo‘yiladigan darajasidan oshadigan manbalardan foydalanib qurilish va ta’mirlash ishlarini faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00gacha amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda.
Undan tashqari, shovqini darajasi belgilangan meyordan yuqori bo‘lgan mehnat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning maoshini oshirish ham qonunda mustahkamlanib qo‘yilmoqda.
Shovqin darajasi normadan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.