https://oz.sputniknews.uz/20250916/korruptsiya-haqida-xabar-berish-tizimi-kamichlik-52001465.html
Korrupsiya haqida xabar berish tizimida kamchiliklar ko‘p — Burxonov
Korrupsiya haqida xabar berish tizimida kamchiliklar ko‘p — Burxonov
Sputnik O‘zbekiston
Sun’iy intellekt davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlaydi
2025-09-16T18:48+0500
2025-09-16T18:48+0500
2025-09-16T18:52+0500
o‘zbekiston
jamiyat
korrupsiya
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
moliyaviy qonunbuzilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/10/52000783_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_378b9a3d2f37aa82dc0323374f368ec5.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga jamoatchilikni jalb qilish tizimi hozircha sust ishlamoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma’lum qildi.Rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilmagan Korrupsiya haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 31-dekabrda tasdiqlangan edi. Lekin shu vaqtga qadar atigi 147 nafar fuqaro rag‘batlantirilgan. Bunday bo‘lishiga sabab amaldagi tizimidagi kamchiliklar: pul mukofoti taklifi avval komissiyaga kiritilishi kerak, u ko‘rib chiqanidan keyin beriladi. Eng asosiysi bunga ma’sul idora belgilanmagan. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi umumiy hisobini (statistikasini) yuritadi deyilgan xolos.Ushbu holatlarni oldini olish maqsadida Qo‘mita nizomiga tegishli o‘zgarishlar kiritish haqida qonun loyihasi ishlab chiqdik, deb qo‘shimcha qildi Burxonov.Xabar beruvchilar himoyalanmaganO‘tkazilgan so‘rovlarda aholining qariyib 30 foizi korrupsiya haqida xabar berishga qo‘rqishini ma’lum qilgan. Jurnalist va blogerlar bilan uchrashuvda ushbu masala yanada ko‘proq ko‘tarilmoqda. OAV vakillari biror surishtiruv boshlasa davlat idoralari tomonidan tahdidlar boshlangan holatlar bo‘lgan.Ushbu qonunlar qabul qilinganidan so‘ng fuqarolar korrupsiya haqida emin-erkin xabar bera oladi.Burxonov aytishiga ko‘ra, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun nafaqat ma’muriy balkim jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida ham qonunga tegishli o‘zgarishlar kiritish ko‘rib chiqilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250730/mirziyoev-korruptsiyaga-qarshi-kurashish-choralari-50925018.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/10/52000783_134:0:1271:853_1920x0_80_0_0_52c3b17044beeeb03828c03c6bc8bfbf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
korrupsiyaga qarshi kurash, milliy ma’ruza parlament, davlat xaridlari o‘zbekiston, 13,8 trln so‘m iqtisod, sun’iy intellekt davlat xaridlari, manfaatlar to‘qnashuvi qonuni, korrupsiyaga qarshi islohotlar, elektron davlat xizmatlari, korrupsiyaga qarshi virtual akademiya, oliy sud portali shaffoflik, open data inventory o‘zbekiston
korrupsiyaga qarshi kurash, milliy ma’ruza parlament, davlat xaridlari o‘zbekiston, 13,8 trln so‘m iqtisod, sun’iy intellekt davlat xaridlari, manfaatlar to‘qnashuvi qonuni, korrupsiyaga qarshi islohotlar, elektron davlat xizmatlari, korrupsiyaga qarshi virtual akademiya, oliy sud portali shaffoflik, open data inventory o‘zbekiston
Korrupsiya haqida xabar berish tizimida kamchiliklar ko‘p — Burxonov
18:48 16.09.2025 (yangilandi: 18:52 16.09.2025) Korrupsiyaga qarshi kurash natijasida davlat xaridlarida 13,8 trillion so‘m iqtisod qilingan.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga jamoatchilikni jalb qilish tizimi hozircha sust ishlamoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma’lum qildi.
Rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilmagan
Korrupsiya haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 31-dekabrda tasdiqlangan edi. Lekin shu vaqtga qadar atigi 147 nafar fuqaro rag‘batlantirilgan.
Masalan 2024-yilda jami 31 kishi rag‘batlantirilgan bo‘lsa shundan ham 28 nafariga tashakkurnoma berilgan xolos, pul berilmagan. Vaholanki, korrupsiyani oldini olish natijasida tejab qolingan summadan kelib chiqib mukofot puli berilishi kerak edi, deydi Burxonov.
Bunday bo‘lishiga sabab amaldagi tizimidagi kamchiliklar: pul mukofoti taklifi avval komissiyaga kiritilishi kerak, u ko‘rib chiqanidan keyin beriladi. Eng asosiysi bunga ma’sul idora belgilanmagan. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi umumiy hisobini (statistikasini) yuritadi deyilgan xolos.
Ushbu holatlarni oldini olish maqsadida Qo‘mita nizomiga tegishli o‘zgarishlar kiritish haqida qonun loyihasi ishlab chiqdik, deb qo‘shimcha qildi Burxonov.
Xabar beruvchilar himoyalanmagan
O‘tkazilgan so‘rovlarda aholining qariyib 30 foizi korrupsiya haqida xabar berishga qo‘rqishini ma’lum qilgan. Jurnalist va blogerlar bilan uchrashuvda ushbu masala yanada ko‘proq ko‘tarilmoqda. OAV vakillari biror surishtiruv boshlasa davlat idoralari tomonidan tahdidlar boshlangan holatlar bo‘lgan.
Ushbuni oldini olish maqsadida bugungi kunda korrupsion jinoyatlar haqida xabar berganlarni himoya qilish to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bunda ularni himoya qilish mexanizmi va tartiblari belgilanmoqda. Jurnalistlarni himoya qilishga qaratilgan alohida moddalar kiritilgan.
Ushbu qonunlar qabul qilinganidan so‘ng fuqarolar korrupsiya haqida emin-erkin xabar bera oladi.
Burxonov aytishiga ko‘ra, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun nafaqat ma’muriy balkim jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida ham qonunga tegishli o‘zgarishlar kiritish ko‘rib chiqilmoqda.