Xalqaro aksiya davomida O‘zbekiston hududlari 55,7 tonna chiqindidan tozalandi

© Press-slujba Ministerstva ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimataVsemirniy den chistoti: v Uzbekistane sobrano 55,7 tonni musora
Vsemirniy den chistoti: v Uzbekistane sobrano 55,7 tonni musora - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “World Cleanup Day” aksiyasida 55,7 tonna chiqindi tozalandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi natijadan deyarli 20 tonna ko‘p.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida 20-sentabr — “World Cleanup Day” (“Butunjahon tozalik kuni”) munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu xalqaro aksiya davomida O‘zbekiston hududlari jami 55,7 tonna chiqindidan tozalandi.
Aksiya davomida vazirlik va agentlik mutasaddilari, sektorlar mas’ullari, Toshkent viloyati va shahri boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari vakillari, yoshlar, eko-faollar va ommaviy axborot vositalari xodimlari Toshkent dengizi sohilidagi belgilangan hududni chiqindilardan tozalashdi.
Chiqindilarni boshqarish agentligi direktori Sharifbek Hasanov chiqindilar sektori iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikning yo‘qolishi hamda atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘layotganini qayd etdi.
“Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda bir kunda 19–20 ming tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Birgina 2024-yilda respublikada yig‘ilgan jami 14 million tonna chiqindilarning faqat 5,2 foizi qayta ishlangan”, — dedi u.
Shuningdek, yosh eko-faol rassomlar tomonidan atrof-muhitni ozoda saqlash mavzusida rasmlar chizildi.
© Press-slujba Ministerstva ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimataVsemirniy den chistoti: v Uzbekistane sobrano 55,7 tonni musora
Vsemirniy den chistoti: v Uzbekistane sobrano 55,7 tonni musora - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2025
Vsemirniy den chistoti: v Uzbekistane sobrano 55,7 tonni musora
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘tgan yili “World Cleanup Day” xalqaro eko-aksiyasi doirasida hududlardan jami 36,5 tonna chiqindi tozalangan.
“World Cleanup Day” 2018-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Unda shu paytga qadar 211 ta davlatdan 114 million kishi ishtirok etgan. Bu eko-tadbirlar orqali aholi gavjum hududlarni chiqindilardan tozalash ana’naga aylangan.
Bolee 300 tonn musora sobrali v otdelnix territoriyax Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
O‘zbekistonda “Dolzarb 10 kunlik” atrof-muhitni tozalash tadbirlari boshlandi
Yangiliklar lentasi
0