Kazan Digital Week: O‘zbekiston va Tatariston madaniy hamkorligi chuqurlashmoqda

© Press-slujba Ministerstva kulturiV Tatarstane proshel forum "Kazan Digital week 2025"
V Tatarstane proshel forum Kazan Digital week 2025 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston san’at va madaniyat delegatsiyasi Qozondagi “Kazan Digital Week 2025” forumida raqamli texnologiyalar sohasida tajriba almashdi
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. 16–19 sentabr kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Nodirbek Sayfullayev va Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b Eldor Shermonov Tataristonda bo‘lib o‘tgan “Kazan Digital Week 2025” forumida ishtirok etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum doirasida delegatsiya a’zolari “Kazan Expo”dagi startaplar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirib, ta’lim, san’at va madaniyat sohalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy raqamli yechimlar, sun’iy intellekt ishlanmalari va raqamli platformalar bilan tanishdi. Bu tajriba o‘zbek oliygohlari uchun raqamli ta’lim muhitini takomillashtirish, virtual muzeylar, masofaviy kurslar va onlayn tadbirlarni yo‘lga qo‘yishda foydali bo‘lishi ta’kidlandi.
So‘ngra forumda ishtirok etayotgan san’at va madaniyat ta’limiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida “Ijodiy oliygohning raqamli ta’lim muhiti” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Sayfullayev "Madaniyat va san’at sohasiga kadrlarni tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalari" mavzusida hamda Eldor Shermonov "O‘zMMSI: kadrlar salohiyati, ilmiy imkoniyatlar va san’at sohasi mutaxassislarini tayyorlashdagi o‘rni" mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, delegatsiya Qozon federal universiteti va Tatariston Milliy kutubxonasida ham bo‘lib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Bu aloqalar O‘zbekiston talabalari uchun xorijiy tajribaga yaqindan tanishish va amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratadi.
Yanvar oyida foydalanishga topshirilgan Galiaskar Kamal nomidagi Tatar davlat akademik teatridagi uchrashuvda esa kelgusi ijodiy hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Film Maxtumkuli Firogi stal pobeditelem Mejdunarodnogo kinofestivalya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
"Maxtumquli Firog‘iy" Qozon kinofestivalida maxsus sovrin oldi
Yangiliklar lentasi
0