"Maxtumquli Firog‘iy" Qozon kinofestivalida maxsus sovrin oldi

© Press-slujba Agentstva kinematografiiFilm "Maxtumkuli Firogi" stal pobeditelem Mejdunarodnogo kinofestivalya
Film Maxtumkuli Firogi stal pobeditelem Mejdunarodnogo kinofestivalya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkmaniston birgalikda ishlagan film turkman shoiri va faylasufi Maxtumqulining hayotiga bag‘ishlangan.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Altin Minbar” Xalqaro kinofestivalida "Maxtumquli Firog‘iy” filmi maxsus sovrin oldi.

“Rejissor Muzaffarxon Erkinovning "Maxtumquli Firog‘iy” filmi “Rossiya Islom olami” guruhining IHT davlatlarida ishlab chiqilgan film dasturida maxsus mukofotini qo‘lga kiritdi.

Kinofestival bosh sovrini — “Eng yaxshi to‘liq metrajli badiiy film” nominatsiyasida Chernogoriyalik rejissor Nikola Vukchevichning “Matonat tayanchi” filmiga berildi. Kartina sujeti Ikkinchi jahon urushi davridagi haqiqiy voqealarga asoslangan.
Jami festivalda 60 dan ortiq davlatlardan 750 dan oshiq filmlari ishtirok etdi.
"Altin Minbar" xalqro kinofestivali 2005-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Festival doirasida, muallifning diniy e’tiqodidan qat’i nazar, ezgulik, tinchlik va adolatga da’vat etuvchi milliy va jahon kinematografining eng yaxshi filmlari tanlab olinadi.
Kinoforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
PXIF-2025: O‘zbekiston MDH davlatlari bilan qanday filmlar suratga olmoqda?
Yangiliklar lentasi
0