https://oz.sputniknews.uz/20250922/toy-200-mehmon-ruxsat-52149353.html
Endi to‘ylarda 200 nafardan ortiq mehmonga ruxsat etilmaydi
Endi to‘ylarda 200 nafardan ortiq mehmonga ruxsat etilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
“Oqilona iste’mol” dasturi doirasida to‘ylarda 200–300 nafar mehmon limiti belgilandi, milliy an’analarga yot urf-odatlar man etildi
2025-09-22T15:02+0500
2025-09-22T15:02+0500
2025-09-23T10:35+0500
o‘zbekiston
jamiyat
oziq-ovqat
dafn marosimi
hashar
vazirlar mahkamasi
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52165558_0:131:2500:1537_1920x0_80_0_0_291d291d9bccf4e6a6d2ff3ed2cc2006.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda to‘ylar va marosimlarda qatnashchilar soniga cheklov qo‘yildi. Bu hukumatning 589-sonli qarorida ko‘zda tutilgan.Nizom talablariga ko‘ra:Milliy an’analariga yot yoki ortiqcha vaqt va mablag‘ talab qiladigan ko‘plab rasm-rusum va shoular, jumladan, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “kuyov navkari”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “chorlar”, “tog‘ora yuborish” taqiqlanadi.Dafn va motam marosimlaridagi “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “yetti”, “qirq”, “yil oshi”, “hayit”, “mato ulashish”, “pul tarqatish” kabi tadbirlar ham man etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250919/ozbekistonda-oziq-ovqat-xavfsizligi-davri-boshlanmoqda-52069748.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/17/52165558_139:0:2362:1667_1920x0_80_0_0_ae058df74ca84a5695b47ff92838a8a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
to‘y cheklovlari, o‘zbekiston to‘ylari, to‘yda mehmonlar soni, to‘y qoidalari, to‘y an’analar taqiq, motam marosimlari cheklov, oqilona iste’mol dasturi, to‘yda isrof, marosim qonunchiligi, to‘yda ortiqcha rasm-rusum
to‘y cheklovlari, o‘zbekiston to‘ylari, to‘yda mehmonlar soni, to‘y qoidalari, to‘y an’analar taqiq, motam marosimlari cheklov, oqilona iste’mol dasturi, to‘yda isrof, marosim qonunchiligi, to‘yda ortiqcha rasm-rusum
Endi to‘ylarda 200 nafardan ortiq mehmonga ruxsat etilmaydi
15:02 22.09.2025 (yangilandi: 10:35 23.09.2025) “Quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “kuyov navkari”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “chorlar”, “tog‘ora yuborish” kabi tadbirlar taqiqlanadi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda to‘ylar va marosimlarda qatnashchilar soniga cheklov qo‘yildi. Bu hukumatning 589-sonli
qarorida ko‘zda tutilgan.
Unda “Oqilona iste’mol” (Save Food) dasturi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilanib, to‘ylar, oilaviy tantanalar va marosimlar 2019-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida o‘tkazilishi shartligi qayd etildi.
oilaviy tantanalarda 200 nafargacha, osh marosimida 250 nafargacha ishtirokchi qatnashishi mumkin;
qo‘shaloq to‘y va hasharlarda 250 nafargacha, unga bog‘liq osh marosimida esa 300 nafargacha ishtirokchiga ruxsat etiladi.
Milliy an’analariga yot yoki ortiqcha vaqt va mablag‘ talab qiladigan ko‘plab rasm-rusum va shoular, jumladan, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “kuyov navkari”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “chorlar”, “tog‘ora yuborish” taqiqlanadi.
Dafn va motam marosimlaridagi “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “yetti”, “qirq”, “yil oshi”, “hayit”, “mato ulashish”, “pul tarqatish” kabi tadbirlar ham man etiladi.