https://oz.sputniknews.uz/20250919/ozbekistonda-oziq-ovqat-xavfsizligi-davri-boshlanmoqda-52069748.html
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi davri boshlanmoqda
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi davri boshlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026–2030 yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilindi
2025-09-19T10:06+0500
2025-09-19T10:06+0500
2025-09-19T10:06+0500
jamiyat
iqtisod
o‘zbekiston
oziq-ovqat
ekologiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/13/52076748_302:0:3651:1884_1920x0_80_0_0_204134971aa419d293289dbca8821ee1.jpg
TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2026–2030 yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilindi. Ushbu hamda oziq-ovqat bilan bog‘liq boshqa tashabbuslar bilan bog‘liq hukumat qarori imzolandi.Qarorda umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va atrof muhitga keltiradigan zararini kamaytirish maqsad qilingani aytiladi. Bu maqsadlarga erishishda hukumat quyidagi bosqichlarni belgilagan:Bundan tashqari, mazkur qaror 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab ekologiya, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash vazirliklarining uyushgan faoliyatini tashkil etishni ham ko‘zda tutgan.Vazirliklar hamkorlikda oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash, organik o‘g‘itlardan foydalanish tizimini kengaytirish va oqova suvlardan ikkilamchi xomashoni ajratib olish bilan shug‘ullanishadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250731/meva-sabzavot-oziq-ovqat-eksport-50953238.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/13/52076748_720:0:3232:1884_1920x0_80_0_0_522933dee845807487d9903dd023c8bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri ovqatlanish oziq-ovqat
o‘zbekiston dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri ovqatlanish oziq-ovqat
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi davri boshlanmoqda
Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va atrof muhitga keltiradigan zararini kamaytirishni maqsad qilingan qaror imzolandi.
TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2026–2030 yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilindi. Ushbu hamda oziq-ovqat bilan bog‘liq boshqa tashabbuslar bilan bog‘liq hukumat
qarori imzolandi.
Qarorda umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va atrof muhitga keltiradigan zararini kamaytirish maqsad qilingani aytiladi.
Bu maqsadlarga erishishda hukumat quyidagi bosqichlarni belgilagan:
oziq-ovqat chiqindilarini kamaytiruvchi va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan “Oqilona iste’mol” (Save food) dasturi tasdiqlandi;
ichimlik suvidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanayotgan hamda ifloslangan suvlarni oqova suvlarga oqizib yuborayotgan yuridik shaxslarga suvni birlamchi tozalash inshootlarida tozalash yuklatildi;
oqova suvlardagi yog‘-moyni tozalab olish maqsadida yog‘-moy tutgich uskunalariga ega ovqatlanish korxonalariga suvlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, mazkur qaror 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab ekologiya, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash vazirliklarining uyushgan faoliyatini tashkil etishni ham ko‘zda tutgan.
Vazirliklar hamkorlikda oziq-ovqat chiqindilarini kompostlash, organik o‘g‘itlardan foydalanish tizimini kengaytirish va oqova suvlardan ikkilamchi xomashoni ajratib olish bilan shug‘ullanishadi.