Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

SPbPUda o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun qanday muhandislik ta’limi bor – video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sankt-Peterburg politexnika universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qurilish sohasida qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirgan.
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida Buyuk Potr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) Xalqaro ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Tatyana Sitnikova ishtirokida “SPbPUda o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun muhandislik ta’limi” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
Sankt-Peterburg politexnika universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qurilish sohasida qo‘shma ta’lim dasturini ishga tushirdi. Hozir qurilish-muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona politexnika instituti bilan ham shunday loyiha tayyorlanmoqda
Sitnikovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston universitetlari va Buyuk Potr politexnika universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnomalar doirasida talabalar qo‘shma magistratura dasturlarini yakunlagach, SPbPU va o‘z oliy o‘quv yurtining diplomini olishlari mumkin.
“Biz ko‘p tarmoqli muhandislarni tayyorlaymiz, ular vatanlariga qaytib, amaliy bilimlar oladi va o‘z mamlakati iqtisodiyotini rivojlantirishda bu bilimlardan qanday foydalanishni aniq tushunchaga ega bo‘ladi”, - deydi u
Sankt-Peterburg politexnika universitetida har yili O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Ular uchun ko‘plab imkoniyatlar ochiladi, jumladan, akademik mobillik doirasida.
“Bizda butun dunyo bo‘ylab hamkor universitetlarning keng tarmog‘i mavjud. Bu talabalarga xorijda hamda Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida, ayniqsa ixtisoslashgan sohalarda qisqa muddatli (bir-ikki haftalik) va uzoq muddatli (bir yoki ikki semestrlik) amaliyot o‘tash imkoniyatini beradi”, - dedi Sankt-Peterburg politexnika universiteti Xalqaro ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
Batafsil – Sputnik videosida.
Rossiya va O‘zbekiston orasida ta’lim sohasidagi hamkorlik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2025
Matbuot markazi
Rossiya va O‘zbekiston ta’lim sohasidagi hamkorlikni qanday rivojlantirmoqda – video
Yangiliklar lentasi
0