Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossiya va O‘zbekiston ta’lim sohasidagi hamkorlikni qanday rivojlantirmoqda – video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari Rossiya va O‘zbekistonning ta’lim, fan, madaniyat va yoshlar siyosati sohasidagi hamkorligi qanday rivojlanayotganini so‘zlab berdi.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning asosiy mazvusi ta’lim, ilm-fan, madaniyat va yoshlar siyosati sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘ldi.
Pavel Shevsov O‘zbekiston poytaxtida 19-20 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan “Rossiya ta’limi. Toshkent – 2025” ko‘rgazmasida taqdim etilgan loyihalar haqida so‘z yuritdi.
U mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim hamkorligi muhimligini qayd etdi.

“Biz davlatlarimiz – Rossiya va O‘zbekiston – o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirganimizda yodda tutish muhimki, minglab o‘zbekistonlik talabalar Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliygohlarida tahsil olmoqda. Biz o‘z majburiyatimizni bilamiz: bu yigit-qizlar o‘z vataniga qaytib, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining harakatlanuvchi kuchi bo‘lishi uchun sifatli ta’lim olishlari shart”, - dedi Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari.

Hamkorlikning yana bir ustuvor yo‘lnaligi ilmiy kooperatsiya. Rossiya universitetlari O‘zbekiston oliygohlari bilan qo‘shma loyihalarni tashkil etmoqda. Yangi laboratoriyalar ochish va istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Nafaqat ta’lim, balki ilm-fanni ham rivojlantirish muhim. Bu umumiy kelajak va mamlakatlarimizning raqobatbardoshligiga kiritilgan sarmoya”, - deya ta’kidladi Shevsov.
Kun tartibidan yadro energitikasini rivojlantirish muhim o‘rin egalladi.
O‘zbekiston energiya manbalarini faol diversifikatsiya qilmoqda, Rossiya esa kadrlarni tayyorlashda har tomonlama yordam taklif qilmoqda.
“Yadro energiyasi – eng xavfsiz, arzon va samarali manbalardan biri. Rossiyada yetakchi oliygoh va ilmiy markazlar ishtirokida mutaxassislarni tayyorlashning kuchli ekotizimi yaratilgan”, - dedi u.
Gumanitar tashabbuslar va yoshlar dasturlari ham faol rivojlanmoqda. Rossiya rus tilini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlaydi, o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazadi va xalqaro yoshlar loyihalarini amalga oshirmoqda.
“Yangi avlod” dasturi o‘zbekistonlik yoshlarga PXIFdan tortib jurnalistlar, blogerlar, yosh olimlar va diplomatlar uchun tadbirlargacha bo‘lgan yirik xalqaro forumlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Bir necha oy oldin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida madaniyat bo‘yicha kichik komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida o‘zaro madaniy tadbirlarni o‘tkazish va yangi qo‘shma loyihalarni boshlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Batafsil Sputnik videosida.
Rossiya ta’limi: O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya matbuot anjumani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
Matbuot markazi
Rossiya oliygohlarida ta’lim olishga qiziqish nega ortib bormoqda – video
Yangiliklar lentasi
0