“Intervideniye”ni barbod qilish urinishlari amalga oshmadi - Lavrov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Armenii S. Lavrova i A. Mirzoyana
Vstrecha glav MID RF i Armenii S. Lavrova i A. Mirzoyana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, ayrim ishtirokchilarga qattiq bosim o‘tkazishga urinishlar bo‘ldi.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Intervidenie-2025” xalqaro musiqiy tanlovini barbod qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilganini ma’lum qildi.
“Bu tanlovni buzish maqsadida ayrim ishtirokchilarga qattiq bosim o‘tkazishga urinishlar bo‘ldi. Ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi”, – dedi Lavrov.
Avvalroq xabar berganimizdek, “Intervidenie-2025” festivali bu yil Rossiya tashabbusi bilan qayta tiklanib, BRICS, MDH, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadan jami 23 davlat ishtirokida o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi — musiqiy ijod orqali xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, milliy madaniyatlar rang-barangligini namoyish etish va baynalmilal do‘stlik g‘oyasini ilgari surish.
Tanlovda ilk bor o‘zbekistonlik xonanda Shohrux G‘aniyev ham ishtirok etdi. U Lutfiy qalamiga mansub “Xoh inon, xoh inonma” g‘azalining zamonaviy talqini asosida yaratilgan musiqiy kompozitsiyasini hakamlar hay’ati e’tiboriga taqdim etdi. Shohrux G‘aniyev kuchli o‘ntalikdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.
Mejdunarodniy muzikalniy konkurs Intervidenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2025
Intervidenie-2025: tanlov yakunlari va O‘zbekiston ishtiroki - foto
Yangiliklar lentasi
0