https://oz.sputniknews.uz/20250921/intervidenie-2025-52131105.html
Intervidenie-2025: tanlov yakunlari va O‘zbekiston ishtiroki - foto
Intervidenie-2025: tanlov yakunlari va O‘zbekiston ishtiroki - foto
Sputnik O‘zbekiston
Turli mintaqalarning jami 23 davlatidan tashrif buyurgan ishtirokchilarni bir sahnada jamlagan ushbu tanlov Moskva yaqinidagi Live Arena sahnasida bo‘lib o‘tdi
2025-09-21T11:20+0500
2025-09-21T11:20+0500
2025-09-21T11:20+0500
madaniyat
intervidenie-2025
o‘zbekiston
rossiya
tanlov
natija
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/15/52131615_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_705e319ff87a75eb55db7057458bdd42.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Dunyoning jami 23 ta davlatidan tashrif buyurgan ishtirokchilarni bir sahnada jamlagan “Intervidenie” musiqiy tanlovi Moskva yaqinidagi "Live Arena" sahnasida bo‘lib o‘tdi. “Intervidenie” aslida qachon tashkil etilgan, uning mohiyati nimada, festival tarixida ilk bor ishtirok etgan o‘zbekistonlik kim, g‘oliblik kimga nasib etdi? Batafsil Sputnik maqolasida.“Intervidenie” — qayta tug‘ilgan musiqa tantanasiTanlov ilk bor 1965-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha paytda G‘arbning “Yevrovidenie” tanloviga javoban yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘z vaqtida u sotsialistik mamlakatlar orasida mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, 1980-yillarda to‘xtatilgan.Oradan uzoq vaqt o‘tib, 2025-yilda Rossiya hukumati ushbu festivalni rasmiy ravishda qayta tiklashga qaror qildi. Bu gal u global miqyosda o‘tkazildi: BRICS, MDH, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikadan jami 23 ta davlat ishtirok etdi.Tanlov tashkilotchilari, hakamlar va ishtirokchilarga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin quyidagi murojaat bilan yuzlandi:Tanlov g‘olibi va o‘zbekistonlik ishtirokchi“Intervidenie-2025”da Vyetnam vakili — xonanda Dik Fuk (Duc Phuc) “Afsonaviy qahramon Fu Dong” (Phù Đổng Thiên Vương) nomli taronasi bilan 422 ball to‘plab, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Ikkinchi o‘rin qirg‘izistonlik "Nomad" ijrosidagi “Faqat senga” (Jalgiz saga) qo‘shig‘iga nasib etdi – u 373 ball to‘pladi. Uchinchi o‘rinni esa Qatar vakilasi Dana Al Mirr “Mana – sen” (Huwa dha anta) nomli taronasi bilan 369 ball bilan band etdi.Tanlovda ilk bor o‘zbekistonlik xonanda Shohrux G‘aniyev ham ishtirok etdi. U Lutfiy qalamiga mansub “Xoh inon, xoh inonma” g‘azalining zamonaviy talqini asosida yaratilgan musiqiy kompozitsiyasini hakamlar hay’ati e’tiboriga taqdim etdi. Garchi sovrindorlar safidan joy ola olmagan bo‘lsa-da, u yomon natija qayd etmadi – Shohrux G‘aniyev kuchli o‘ntalikdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.Uning o‘zi bu haqida shunday deydi:Baholash qanday amalga oshirildi?“Intervidenie-2025” baholash tizimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Har bir ishtirokchi mamlakatdan bir nafar san’atkor va uning produseri kelib, xalqaro hakamlar hay’atiga o‘z chiqishini namoyish etdi. Hakamlar hay’ati jami 23 nafar mutaxassisdan iborat bo‘lib, har biri har bir ishtirokchiga 1 dan 23 gacha ball berishi mumkin.Ta’kidlash joizki, hakam aynan bir ballni faqat bir davlatga bera oladi. Masalan, agar hakam O‘zbekistonga 23 ball bersa, boshqa hech bir ishtirokchiga yana shu ballni bera olmaydi.Xuddi shu tartibda eng ko‘p ball to‘plagan ijodkor g‘olib sifatida tan olindi. Tomoshabinlar ovoz berish huquqiga ega emas. Bu o‘z navbatida natijalarni manipulyatsiyasiz, mutlaqo professional asosda aniqlash imkonini berdi.Qur’a tashlash jarayoni va musiqiy xilma-xillikTanlov ko‘plab qiziqarli lahzalar va esda qolarli hodisalarga boy bo‘ldi. Masalan, qur’a tashlash jarayonida tashkilotchilar rus milliy samovaridan foydalandilar. Ishtirokchilar samovardan issiq suv quygach, “fortuna g‘ildiragi” ustidagi chashkalarda ularning sahnaga chiqish tartib raqami paydo bo‘ldi.Musiqiy janrlar ham nihoyatda rang-barang bo‘ldi. Lotin Amerikalik ishtirokchilar salsa va folklorni taqdim etgan bo‘lsa, Osiyo davlatlari milliy ohanglar va pop janrida kuyladi. Afrikalik ijrochilar esa afrobit va soul uslubidagi chiqishlari bilan ajralib turdi.Tanlovni havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20250920/intervidenie-haqida-nimalarni-bilish-kerak-52116389.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/15/52131615_133:0:2864:2048_1920x0_80_0_0_e9b0039c43f3a1dd6236bb5db1b7cb1e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
intervidenie musiqa tanlov o‘zbekiston rossiya
intervidenie musiqa tanlov o‘zbekiston rossiya
Intervidenie-2025: tanlov yakunlari va O‘zbekiston ishtiroki - foto
Yillar ortidan tiklangan xalqaro musiqiy bellashuvda 23 ta davlat vakili kuch sinashdi. O‘zbekiston ilk bor sahnaga chiqdi — natijalar, qiziqarli tafsilotlar va g‘olib nomi
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Dunyoning jami 23 ta davlatidan tashrif buyurgan ishtirokchilarni bir sahnada jamlagan “Intervidenie” musiqiy tanlovi Moskva yaqinidagi "Live Arena" sahnasida bo‘lib o‘tdi. “Intervidenie” aslida qachon tashkil etilgan, uning mohiyati nimada, festival tarixida ilk bor ishtirok etgan o‘zbekistonlik kim, g‘oliblik kimga nasib etdi? Batafsil
Sputnik maqolasida.
“Intervidenie” — qayta tug‘ilgan musiqa tantanasi
Tanlov ilk bor 1965-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha paytda G‘arbning “Yevrovidenie” tanloviga javoban yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘z vaqtida u sotsialistik mamlakatlar orasida mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, 1980-yillarda to‘xtatilgan.
Oradan uzoq vaqt o‘tib, 2025-yilda Rossiya hukumati ushbu festivalni rasmiy ravishda qayta tiklashga qaror qildi. Bu gal u global miqyosda o‘tkazildi: BRICS, MDH, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikadan jami 23 ta davlat ishtirok etdi.
Tanlov tashkilotchilari, hakamlar va ishtirokchilarga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin quyidagi murojaat bilan
yuzlandi:
“Ushbu betakror ijodiy tadbir yillar davomida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan ko‘plab iqtidorli insonlarni o‘z atrofida birlashtirib kelgan edi. U madaniy muloqotni mustahkamlab, baynalmilallikni yuksaltirishga xizmat qilgan. Bugun "Intervidenie" o‘z an’analariga sodiq qolgan holda yangi ufqlarni zabt etmoqda. Madaniyat va musiqa hech qanday chegarani tan olmaydi. Shu bois bu tanlov, bugungi tobora bo‘linib borayotgan dunyoda, birlashuv va yakdillik timsoliga aylanyapti”.
Tanlov g‘olibi va o‘zbekistonlik ishtirokchi
“Intervidenie-2025”da Vyetnam vakili — xonanda Dik Fuk (Duc Phuc) “Afsonaviy qahramon Fu Dong” (Phù Đổng Thiên Vương) nomli taronasi bilan 422 ball to‘plab, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rin qirg‘izistonlik "Nomad" ijrosidagi “Faqat senga” (Jalgiz saga) qo‘shig‘iga nasib etdi – u 373 ball to‘pladi. Uchinchi o‘rinni esa Qatar vakilasi Dana Al Mirr “Mana – sen” (Huwa dha anta) nomli taronasi bilan 369 ball bilan band etdi.
Tanlovda ilk bor o‘zbekistonlik xonanda
Shohrux G‘aniyev ham ishtirok etdi. U Lutfiy qalamiga mansub “Xoh inon, xoh inonma” g‘azalining zamonaviy talqini asosida yaratilgan musiqiy kompozitsiyasini hakamlar hay’ati e’tiboriga taqdim etdi. Garchi sovrindorlar safidan joy ola olmagan bo‘lsa-da, u yomon natija qayd etmadi – Shohrux G‘aniyev kuchli o‘ntalikdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.
Uning o‘zi bu haqida shunday deydi:
“Men O‘zbekistonga do‘stlik olib ketishni maqsad qilganman, yaxshi-yaxshi do‘stlar orttirmoqchiman. Va albatta, "Intervidenie"ni O‘zbekistonga olib borishni ham juda istayman. Ajab emas, kun kelib tanlov O‘zbekistonda ham o‘tkazilar. O‘shanda barcha musiqasevarlarni yurtimizda albatta kutib qolamiz”, – dedi u.
Baholash qanday amalga oshirildi?
“Intervidenie-2025” baholash tizimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Har bir ishtirokchi mamlakatdan bir nafar san’atkor va uning produseri kelib, xalqaro hakamlar hay’atiga o‘z chiqishini namoyish etdi. Hakamlar hay’ati jami 23 nafar mutaxassisdan iborat bo‘lib, har biri har bir ishtirokchiga 1 dan 23 gacha ball berishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, hakam aynan bir ballni faqat bir davlatga bera oladi. Masalan, agar hakam O‘zbekistonga 23 ball bersa, boshqa hech bir ishtirokchiga yana shu ballni bera olmaydi.
Xuddi shu tartibda eng ko‘p ball to‘plagan ijodkor g‘olib sifatida tan olindi. Tomoshabinlar ovoz berish huquqiga ega emas. Bu o‘z navbatida natijalarni manipulyatsiyasiz, mutlaqo professional asosda aniqlash imkonini berdi.
Qur’a tashlash jarayoni va musiqiy xilma-xillik
Tanlov ko‘plab qiziqarli lahzalar va esda qolarli hodisalarga boy bo‘ldi. Masalan, qur’a tashlash jarayonida tashkilotchilar rus milliy samovaridan foydalandilar. Ishtirokchilar samovardan issiq suv quygach, “fortuna g‘ildiragi” ustidagi chashkalarda ularning sahnaga chiqish tartib raqami paydo bo‘ldi.
Musiqiy janrlar ham nihoyatda rang-barang bo‘ldi. Lotin Amerikalik ishtirokchilar salsa va folklorni taqdim etgan bo‘lsa, Osiyo davlatlari milliy ohanglar va pop janrida kuyladi. Afrikalik ijrochilar esa afrobit va soul uslubidagi chiqishlari bilan ajralib turdi.
Tanlovni
havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.