https://oz.sputniknews.uz/20250920/yol-harakat-jarima-pirotexnika-metall-qonun-52110802.html
Radar jarimalarini qo‘llash muddati bir oy bilan cheklanadi — Senat
Radar jarimalarini qo‘llash muddati bir oy bilan cheklanadi — Senat
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oliy majlis senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bir qator muhim qonun loyihalari dastlabki tarzda muhokama qilindi
2025-09-20T14:50+0500
2025-09-20T14:50+0500
2025-09-20T14:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
qonunchilik
loyiha
o‘zgarishlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/14/52110388_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_6bddc05afaff5f9e1aec0ffc94bcc334.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalar kechikishining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.Ushbu borada “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks"ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.Shuningdek, "Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi uch yilda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanganlar soni ortmoqda:Shu bois, pirotexnika vositalarining erkin va cheklangan muomalasini qonuniy asosda belgilash va javobgarlik choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Majlisda, shuningdek, “Valyuta, qimmatbaho metallar va toshlar muomalasiga oid ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish” to‘g‘risidagi qonun ham ko‘rib chiqilgan. Ayni qonunda sohadagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish, noqonuniy muomala holatlariga chek qo‘yish va jinoyat javobgarligi choralarini aniqlashtirish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250919/uzbekistan-taqiq-kontent-royxat-elon-52090553.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/14/52110388_89:0:1226:853_1920x0_80_0_0_5062dd8b49de20d5115cd3a273862e8f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston oliy majlis senat mudofaa xavfsizlik jarima pirotexnika metall
o‘zbekiston oliy majlis senat mudofaa xavfsizlik jarima pirotexnika metall
Radar jarimalarini qo‘llash muddati bir oy bilan cheklanadi — Senat
Senat pirotexnika va radar jarimalariga doir qonunlarni muhokama qildi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalar kechikishining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
“Yangi tartibga ko‘ra, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima qo‘llash muddati bir oy bilan cheklanadi. Kam ahamiyatli qoidabuzarliklar bo‘yicha esa ogohlantirish chorasi qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ushbu borada “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks"ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, "Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi uch yilda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanganlar soni ortmoqda:
2022 yilda — 1 997 nafar,
2023 yilda — 1 342 nafar,
2024 yilda — 2 891 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.
Shu bois, pirotexnika vositalarining erkin va cheklangan muomalasini qonuniy asosda belgilash va javobgarlik choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Majlisda, shuningdek, “Valyuta, qimmatbaho metallar va toshlar muomalasiga oid ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish” to‘g‘risidagi qonun ham ko‘rib chiqilgan.
Ayni qonunda sohadagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish, noqonuniy muomala holatlariga chek qo‘yish va jinoyat javobgarligi choralarini aniqlashtirish ko‘zda tutilgan.