O‘zbekistonda taqiqlangan kontentning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

© Sputnik / Ramil SitdikovOtrajenie ikonki videoxostinga YouTube v zrachke
Otrajenie ikonki videoxostinga YouTube v zrachke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatga olinganlar ekstremistik va terroristik mazmundagi media-mahsulot ishlab chiqaruvchilaridir.
TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekiston hududiga kiritish, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan internet-resurslarning yangilangan ro‘yxatini taqdim etdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur tarmoq sahifalarida ekstremizm va terrorizm g‘oyalari mavjud.
Ro‘yxatda Facebook*, Telegram, Instagram*, YouTube, Odnoklassniki va TikTok ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalar va hisoblar, shuningdek, taqiqlangan materiallar joylashtirilgan veb-saytlar hamda boshqa manbalar ko‘rsatilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Oliy sudi ushbu materiallarni ekstremizm, terrorizm va diniy mutaassiblik g‘oyalarini o‘z ichiga olgan deb topgan.
Ayni munosabat bilan Din ishlari qo‘mitasi foydalanuvchilarni tekshirilmagan elektron kitoblar, maqolalar va ilovalarni, foto va video materiallarni yuklab olmaslikka, shubhali audioyozuvlarni eshitmaslikka chaqirmoqda.
*Rossiyada ekstremistik deb topilgan va taqiqlangan “Meta” kompaniyasiga qarashli
Presechenie deyatelnosti yacheyki islamistov, verbovavshix migrantov v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2025
DXX Moskvada migrantlarni radikal guruhlarga yollagan terrorchilarni ushlashda yordam berdi
Yangiliklar lentasi
0