Prezident tibbiyotni rivojlantirishning yangi choralari bilan tanishdi

© Prezident matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2025
Obuna bo‘lish
Tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, professional boshqaruv o‘rnatish, klinik protokollarni yangilash va ona suti muammosini hal qilish taklif etildi.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar va ularni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan hisobot bilan tanishdi.

Tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish

O‘zbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning xalqaro tajribaga asoslangan va tibbiyotni aholiga yaqinlashtirishga qaratilgan yangi modeli rivojlantirilmoqda. Shu asosda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar, mahalla tibbiyot punktlari yagona yondashuv asosida rivojlantirilmoqda.

Bundan kutilayotgan natijalar:
Oilaviy shifokorlar ulushini 70 foizga yetkazish,
Raqamlashtirish orqali tibbiyot xodimlarining ish yuklamasini uchdan bir qismga kamaytirish,
Birlamchi bo‘g‘in xizmatlaridan qoniqish darajasini 85 foizdan oshirish,
Tibbiyot xodimlari maoshini ularning kasbiy samaradorligiga bog‘lash.

Professional boshqaruv

Barcha respublika ixtisoslashtirilgan klinikalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, ularning boshqaruviga zamonaviy, professional menejerlarni jalb qilish taklifi bildirildi.
Prezident yana beshta markazga xorijiy professional menejerlarni jalb qilish yoki ularni xorijdagi nufuzli klinikalar boshqaruviga berish imkoniyatini o‘rganishga topshiriq berdi.

Klinik protokollarni yangilash

Klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqish va yangilash davom etmoqda: hozirgacha 400 tasi qayta ko‘rildi, yil oxirigacha bu ko‘rsatkich ikki baravar oshadi.

Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida uch mingdan ziyod tibbiy xizmatlar uchun tariflar metodologiyasi ishlab chiqilmoqda.
Bunda xalqaro tajriba asosida diagnostika va davolash standartlari ishlab chiqilishi, milliy klinik protokollar yaratilishi, yangi texnologiyalar joriy qilinishi, markazlarni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqilishi, yuqori malakali mutaxassislar jalb etilishi, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishning shaffof va adolatli tizimi yaratilishi shartligi ta’kidlandi.

Ona suti muammosi

Ona suti bilan oziqlantirish muammosi butun dunyoda dolzarb bo‘lib qolmoqda. JSST 2030-yilga qadar 6 oygacha bo‘lgan bolalarning 70 foizi faqat ona suti bilan oziqlantirishni tavsiya etgan. Ushbu maqsadga erishish maqsadida O‘zbekistonda ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlanadi.
Unga ko‘ra tibbiyot xodimlarini ona suti bilan oziqlantirish bo‘yicha o‘qitish, homilador ayollar va onalarning bilimini oshirish tadbirlari o‘tkaziladi.
Qonunchilikka ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlar reklamasini cheklanadi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, import va eksport qilish, tashish, saqlash, sotish va yetkazib berishga oid talablar hamda standartlarni takomillashtiriladi.
Chegara bilmas tibbiyot: Rossiyalik shifokorlar insonparvarlik missiyasi bilan yana O‘zbekistonga kelishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Chegara bilmas tibbiyot: Rossiyalik shifokorlar ezgu missiya bilan yana O‘zbekistonga kelishdi
Yangiliklar lentasi
0