Samarqand va Sankt-Peterburg biznes va sanoat sohalarida kelishuvlar imzoladi

© Telegram / Sirkulyar GriboyedovaV ADS "Nevskaya ratusha" sostoyalas vstrecha delegatsii s vitse-gubernatorom Sankt-Peterburga Kirillom Polyakovim
V ADS Nevskaya ratusha sostoyalas vstrecha delegatsii s vitse-gubernatorom Sankt-Peterburga Kirillom Polyakovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati delegatsiyasi Sankt-Peterburgda yirik korxonalar bilan muzokaralar o‘tkazib, “Bastion” NPF va Yengil sanoat uyushmasi bilan memorandumlar imzoladi
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. 15-17 sentabr kunlari Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev boshchiligidagi Samarqand viloyati delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qo‘mitasi xabar berdi.
Delegatsiya Sankt-Peterburgning yetakchi korxonalarida bo‘lib, tadbirkorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar doirasida yo‘llarni ta’mirlash, qurish va saqlash uchun uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Bastion" ilmiy-ishlab chiqarish firmasi va Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
17 sentabr kuni delegatsiya Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Kirill Polyakov bilan uchrashib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgiladi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi.
© Telegram / Sirkulyar GriboyedovaV ADS "Nevskaya ratusha" sostoyalas vstrecha delegatsii s vitse-gubernatorom Sankt-Peterburga Kirillom Polyakovim
V ADS Nevskaya ratusha sostoyalas vstrecha delegatsii s vitse-gubernatorom Sankt-Peterburga Kirillom Polyakovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
V ADS "Nevskaya ratusha" sostoyalas vstrecha delegatsii s vitse-gubernatorom Sankt-Peterburga Kirillom Polyakovim
Tashrif yakunlari bo‘yicha "26-To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati xalqaro ko‘rgazmasi - TextileExpo Uzbekistan"da ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg yengil sanoati vakillarining O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Vstrecha xokima Tashkenta Shavkata Umurzakova i gubernatora Sankt-Peterburga Aleksandra Beglova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Toshkent va Sankt-Peterburg o‘rtasida hamkorlik "yo‘l xaritasi" imzolandi
Yangiliklar lentasi
0