Toshkent va Sankt-Peterburg o‘rtasida hamkorlik "yo‘l xaritasi" imzolandi

© Press-slujba xokimiyata goroda TashkentaVstrecha xokima Tashkenta Shavkata Umurzakova i gubernatora Sankt-Peterburga Aleksandra Beglova
Vstrecha xokima Tashkenta Shavkata Umurzakova i gubernatora Sankt-Peterburga Aleksandra Beglova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Obuna bo‘lish
Toshkent va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari, shuningdek, savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik davlat rahbarlari xohish-irodasi asosida rivojlanayotgani, O‘zbekiston-Rossiya aloqalarini mustahkamlashning muhim bo‘g‘ini ekani ta’kidlandi. Suhbat jarayonlarida sog‘liqni saqlash, ta’lim va sanoat sohalarida tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Sankt-Peterburg uchun asosiy savdo hamkoridir. Bu yo‘nalish ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan mustahkamlanmoqda.
Tomonlar sheriklikni yanada chuqurlashtirish va muntazam muloqotlar olib borish, jumladan, tajriba almashish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyorliklarini bildirishdi.
© Press-slujba xokimiyata goroda TashkentaVstrecha xokima Tashkenta Shavkata Umurzakova i gubernatora Sankt-Peterburga Aleksandra Beglova
Vstrecha xokima Tashkenta Shavkata Umurzakova i gubernatora Sankt-Peterburga Aleksandra Beglova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Vstrecha xokima Tashkenta Shavkata Umurzakova i gubernatora Sankt-Peterburga Aleksandra Beglova
Muzokaralar yakunida Toshkent shahar hokimligi va Sankt-Peterburg hukumati o‘rtasida 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolandi.
 Aleksandr Beglov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd dollarga yetkaziladi
Yangiliklar lentasi
0