Rossiyaga 2025-yilda kelgan xorijliklarning asosiy qismini o‘zbekistonliklar tashkil qildi

© Sputnik / Aleksey FilippovPassajiri u elektronnix tablo s informatsiyey o vilete v mejdunarodnom aeroporte imeni Islama Karimova v Tashkente.
Passajiri u elektronnix tablo s informatsiyey o vilete v mejdunarodnom aeroporte imeni Islama Karimova v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Obuna bo‘lish
Shuningdek, 2025-yil boshidan buyon eng ko‘p kelgan, "beshlik"ka Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Qirg‘iziston fuqarolari ham kirgan
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. 2025 yilda Rossiyaga eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari kelgan, deb xabar berdi RIA Novosti axborot agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon Rossiyaga 1,8 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi kirib kelgan. Ulardan qariyb 70 foizi — 1,3 million kishi ish yuzasidan, 16 foizga yaqini — 291 ming kishi shaxsiy tashrif bilan, 1,5 foizi esa o‘qish maqsadida kelgan.
Kelganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston fuqarolari turibdi. Joriy yil boshidan buyon Rossiyaga 1,5 millionga yaqin qozog‘istonlik kirib kelgan. Ulardan asosiy qismi — 1 million kishi shaxsiy tashrif bilan, 7,9 foizi ish yuzasidan va 3,2 foizi o‘qish uchun kelgan.
Birinchi uchlikni Tojikiston fuqarolari yakunlamoqda. Joriy yilda 800 mingdan ortiq tojikistonlik Rossiyaga kelgan va shulardan 600 ming nafari tashrif maqsadini "ish" deb atagan, deyiladi xabarda.
Avvalroq RIA Novosti bergan xabarda, 2024 yilda Rossiyaga 6 milliondan ortiq xorijlik kelgani, ularning yarmi ishga joylashish maqsadida bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Chet elliklarning 23,3 foizi, ya’ni taxminan 1 million 400 ming nafari O‘zbekistondan, 16,7 foizi Tojikistondan va 10,4 foizi Qirg‘izistondan kelganligi qayd etilgan.
Protsess oformleniya trudovix migrantov

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Rossiyadagi noqonuniy migrantlar ogohlantirildi
Yangiliklar lentasi
0