Qishloq xo‘jaligi yerlarida xizmat ko‘rsatuvchi inshootlar qurishga ruxsat berildi

© Foto: Zemelnie istoriiSelskoxozaystvennie zemli
Selskoxozaystvennie zemli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
Obuna bo‘lish
Hukumat qaroriga muvofiq, fermer va yer egalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni qurishi mumkin.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (594-son, 18.09.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos obyektlarni joylashtirishdan oldin axborot tizimlari orqali ariza beruvchida ushbu uchastkasiga ijara huquqining mavjudligi, davlat yer kadastri bo‘yicha yer uchastkasining jami maydoni tekshiriladi.
Ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan obyektlarni yer uchastkasi tarkibidagi sug‘orilmaydigan yerlarga joylashtirish (qurish) nazarda tutiladi.
Chorvachilik yo‘nalishlarida ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlarda 1 gektardan ko‘p bo‘lmagan, biroq ijaraga berilgan kontur maydonining 1 foizidan oshmagan qismida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan obyektlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yiladigan ayni bir yer maydoni bir marta belgilanadi, kelgusida ushbu obyekt turini o‘zgartirishga xizmat ko‘rsatuvchi yer maydonini oshirmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Posevnaya risa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
Yer sohasida huquqbuzarliklar dronlar yordamida kuzatiladi
Yangiliklar lentasi
0