Yer sohasida huquqbuzarliklar dronlar yordamida kuzatiladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishPosevnaya risa
Posevnaya risa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
Obuna bo‘lish
Yer sohasida korrupsiyaning oldini olish uchun “E-YER NAZORAT” tizimi joriy etilib, hududlar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. “Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–287-son, 18.09.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2026 yil 1-yanvardan maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, ularga tegishli choralar ko‘rishga oid vazifalari faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko‘ra hudularni quyidagicha toifalarga bo‘lish belgilandi:
“qizil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;
“sariq” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli o‘rta hududlar;
“yashil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.
Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi
Vesennie polevie raboti na polyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta ijaraga berish tartibi belgilandi
Yangiliklar lentasi
0