Qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta ijaraga berish tartibi belgilandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishVesennie polevie raboti na polyax
Vesennie polevie raboti na polyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2025
Obuna bo‘lish
Yer uchastkalarining bir qismini boshqa shaxslarga ijaraga berish huquqi tuman yoki shahar Kengashlari qarori asosida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaaradorligini oshirish bo‘yicha prezidenti farmoni (PF-172) qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilar etib belgilandi:
tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va realizatsiya qilish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish.
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijarachilariga yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqi beriladi.
Mazkur yerlar egalari va foydalanuvchilariga yer uchastkalariga bo‘lgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida ijara huquqiga o‘zgartirish imkoniyati beriladi.
Bunda yerga egalik qilish va foydalanish huquqi ijara huquqiga o‘tkazilganda ijara muddati quyidagicha etib belgilandi: O‘zbekiston fuqarolari va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun – 30-yil, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun – 25-yil.
Yangiliklar lentasi
0