https://oz.sputniknews.uz/20250918/russia-qurol-kuch-yonalish-hujum-gerasimov-52041598.html
Rossiya Qurolli kuchlari deyarli barcha yo‘nalishlarda hujum qilmoqda — Gerasimov
Rossiya Qurolli kuchlari deyarli barcha yo‘nalishlarda hujum qilmoqda — Gerasimov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiya hududida deyarli barcha yo‘nalishlarda hujum harakatlarini olib bormoqda
2025-09-18T11:14+0500
2025-09-18T11:14+0500
2025-09-18T11:14+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
rossiya
ukraina
qurolli kuchlar
harbiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/12/52041885_0:0:3141:1768_1920x0_80_0_0_10cc552635ee846074d8a8eadc888dd5.jpg
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiya hududidagi deyarli barcha yo‘nalishlarda hujumkor harakatlarni olib bormoqda. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy G‘erasimov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, eng shiddatli janglar Krasnoarmeysk yo‘nalishida kechmoqda. Bu yerda dushman barcha imkoniyatlarini ishga solgan bo‘lsa-da, Rossiya qo‘shinlarining hujumini to‘xtata olmayapti va vaziyatni qo‘lga olishga urinishi samara bermayapti.Asosiy yo‘nalishlardagi vaziyat:Valeriy G‘erasimov, shuningdek, Rossiya dengiz qo‘shinlarining rolini ham alohida e’tirof etdi:
https://oz.sputniknews.uz/20250916/rossiya-ukrainanng-garbiy-yordam-tarqatish-markaziga-zarba-berdi-51997855.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/12/52041885_219:0:2948:2047_1920x0_80_0_0_08bd67e358101d0fd9d9518235854093.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya qurolli kuchlar maxsus harbiy operatsiya hudud hujum
rossiya qurolli kuchlar maxsus harbiy operatsiya hudud hujum
Rossiya Qurolli kuchlari deyarli barcha yo‘nalishlarda hujum qilmoqda — Gerasimov
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i maxsus operatsiya hududidagi vaziyat haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiya hududidagi deyarli barcha yo‘nalishlarda hujumkor harakatlarni olib bormoqda. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy G‘erasimov
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eng shiddatli janglar Krasnoarmeysk yo‘nalishida kechmoqda. Bu yerda dushman barcha imkoniyatlarini ishga solgan bo‘lsa-da, Rossiya qo‘shinlarining hujumini to‘xtata olmayapti va vaziyatni qo‘lga olishga urinishi samara bermayapti.
Asosiy yo‘nalishlardagi vaziyat:
“G‘arb” guruh qo‘shinlari Kupansk yo‘nalishida hujumni rivojlantirmoqda, Ukraina kuchlari Serebranskoe o‘rmon xo‘jaligidan to‘liq siqib chiqarildi.
Avdeyevka ozod qilinishida qatnashgan jangchilar hozir Krasnoarmeysk yo‘nalishida muvaffaqiyatli harakat qilmoqda.
“Janub” guruhi hujum bo‘linmalari Seversk shahrida oldinga siljiyapti.
“Sharq” guruh qo‘shinlari Dnepropetrovsk va Zaporojye viloyatlarida hujumlarni davom ettirmoqda.
Valeriy G‘erasimov, shuningdek, Rossiya dengiz qo‘shinlarining rolini ham alohida e’tirof etdi:
“Ular Ugledar janglarida va Kursk yo‘nalishida raqib ustidan ustunlikni namoyon etib, rus askarlariga xos bo‘lgan eng yaxshi fazilatlarni – mardlik, qahramonlik va matonatni ko‘rsatdi. Ishonchim komilki, kelgusida ham barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajariladi”, — dedi u.