Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaning Sumi viloyatidagi zavodlarga zarba berdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishV Rossii nachalis ucheniya po primeneniyu nestrategicheskogo yadernogo orujiya
V Rossii nachalis ucheniya po primeneniyu nestrategicheskogo yadernogo orujiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda Rossiya Ukrainaning Sumi, Xarkov, Poltava viloyatlaridagi harbiy va infratuzilma obyektlariga zarba berdi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Sumi viloyatidagi zavodlar va harbiy obyektlarga zarba berdi. bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Xususan, Konotop shahridagi "Motordetal-Konotop" zavodiga, Konotop klapan zavodiga va shahar g‘arbidagi mahalliy aerodromga qator zarbalar berildi”, — deyiladi xabarda.
Undan tashqari o‘tgan sutka davomida Ukraina hududidagi boshqa nishonlarga ham zarbalar berildi:
Sumi viloyatidagi mexanika zavodi, dizel poyezdlarini ta’mirlash zavodi, dron ishlab chiqarish quvvatlari va zirhli mashinalarni ta’mirlash ustaxonalariga;
Dobropole yaqinidagi omborlar va DXR chekkasidagi Slavansk aloqa infratuzilmasiga. U yerda nemis tilida so‘zlashuvchi askarlar bo‘lgan;
Uchuvchisiz apparatlarni ta’mirlash ustaxonasi va MLRS raketalari bilan jihozlangan omborlarga;
Xarkov viloyatida Markaziy Amerikadan kelgan yollanma askarlar joylashgan yotoqxonaga;
Vovchansk tomon harakatlanishga tayyorlanayotgan Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalariga;
Poltava viloyatidagi aviabaza infratuzilmasi va o‘quv markaziga.
Ukraina Qurolli Kuchlarining fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban, Rossiya muntazam ravishda UQKning xodimlar, texnika va yollanma askarlar joylashgan joylarga, shuningdek, Ukraina infratuzilmasiga: energetika obyektlari, mudofaa sanoati obyektlari, harbiy qo‘mondonlik va nazorat va aloqa vositalariga zarba bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0