https://oz.sputniknews.uz/20250918/iisf-islom-bank-tizim-muhokama-52037377.html
IISF 2025: Islomiy bank tizimi va barqaror moliya muhokama qilindi
IISF 2025: Islomiy bank tizimi va barqaror moliya muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi start oldi: islomiy bank tizimi, shartnomalar va global hamkorlik muhokama qilinmoqda. 18.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-18T09:17+0500
2025-09-18T09:17+0500
2025-09-18T09:58+0500
o‘zbekiston
markaziy bank
forum
anjuman
bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/12/52036968_0:329:1024:904_1920x0_80_0_0_85250a043a02dce783f972edda4576b2.jpg
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Toshkentda XX Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi (IISF 2025) boshlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.Bu yilgi anjuman “Islomiy bank tizimini joriy etish: Barqaror moliyaviy tizim sari yuksalish” mavzusida o‘tmoqda. Forumda O‘zbekiston va xorijdan yetakchi tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari, islom iqtisodi va moliyasi sohasidagi nufuzli olimlar, ekspertlar va regulyatorlar ishtirok etmoqda. Xalqaro ekspertlar ushbu jarayonlar mijozlar ishonchi va islom moliyasi taraqqiyoti uchun muhim omil ekanini ta’kidladilar. Alohida qayd etish kerakki, forum doirasida Markaziy bankda INCEIF bilan birgalikda o‘quv dasturlari, trening va seminarlar tashkil qilish, islomiy moliya sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik qilishga qaratilgan anglashuv memorandumi ham imzolandi. Ushbu memorandumga asosan INCEIF bilan islom moliyasi sohasidagi 4 ta kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilib, foydalanuvchilarga taqdim qilishga kelishib olindi. Forumda islom moliyasi bo‘yicha yangi yo‘nalishlar va dolzarb mavzulardagi muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Ma’lumot uchun, NCEIF - Malayziyadagi islom moliyasi ta’limi va tadqiqotlariga ixtisoslashgan universitetning qisqartmasi. Islom moliyasi bo‘yicha xalqaro ta’lim markazi.
https://oz.sputniknews.uz/20250917/prezident-islamic-development-bank-sheriklik-dastur-52024873.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/12/52036968_0:233:1024:1000_1920x0_80_0_0_4567d34355f2215590f554e009c078b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston islomiy moliyaiisf 2025 toshkent, islomiy bank tizimii, slom moliyasi forumi, inceif hamkorlik, barqaror moliyaviy tizim, xalqaro moliya anjumani, islom iqtisodi va moliyasi, islomiy shartnomalar, moliyaviy islohotlar
o‘zbekiston islomiy moliyaiisf 2025 toshkent, islomiy bank tizimii, slom moliyasi forumi, inceif hamkorlik, barqaror moliyaviy tizim, xalqaro moliya anjumani, islom iqtisodi va moliyasi, islomiy shartnomalar, moliyaviy islohotlar
IISF 2025: Islomiy bank tizimi va barqaror moliya muhokama qilindi
09:17 18.09.2025 (yangilandi: 09:58 18.09.2025) Toshkentda Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi start oldi: islomiy bank tizimi, shartnomalar va global hamkorlik muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Toshkentda XX Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi (IISF 2025) boshlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati
xabar berdi.
Bu yilgi anjuman “Islomiy bank tizimini joriy etish: Barqaror moliyaviy tizim sari yuksalish” mavzusida o‘tmoqda. Forumda O‘zbekiston va xorijdan yetakchi tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari, islom iqtisodi va moliyasi sohasidagi nufuzli olimlar, ekspertlar va regulyatorlar ishtirok etmoqda.
Anjumanning birinchi ish kunida shartnomalar tasnifi, ularning zamonaviy amaliyotda qo‘llanilishi hamda shaffof va yagona mezonlar asosida tuzilishiga alohida e’tibor qaratish borasida muhokamalar olib borildi.
Xalqaro ekspertlar ushbu jarayonlar mijozlar ishonchi va islom moliyasi taraqqiyoti uchun muhim omil ekanini ta’kidladilar.
Alohida qayd etish kerakki, forum doirasida Markaziy bankda INCEIF bilan birgalikda o‘quv dasturlari, trening va seminarlar tashkil qilish, islomiy moliya sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik qilishga qaratilgan anglashuv memorandumi ham imzolandi. Ushbu memorandumga asosan INCEIF bilan islom moliyasi sohasidagi 4 ta kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilib, foydalanuvchilarga taqdim qilishga kelishib olindi.
Forumda islom moliyasi bo‘yicha yangi yo‘nalishlar va dolzarb mavzulardagi muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, NCEIF - Malayziyadagi islom moliyasi ta’limi va tadqiqotlariga ixtisoslashgan universitetning qisqartmasi. Islom moliyasi bo‘yicha xalqaro ta’lim markazi.