TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Senatning beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga (Ostona, 2006-yil 12-yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.Bitimning asosiy maqsadi – investitsiya faoliyati orqali unga qo‘shilgan ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga va ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish.Senator Odiljon Mamatkarimovning qayd etishicha, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga (YeOTB) a’zo mamlakatlar o‘rtasida transport logistikasi bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, bank ishtirokida yashil iqtisodiyot va yashil sanoatni qo‘llab-quvvatlash hamda gidroenergetika, infrotuzilmaviy qurilish va transport sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik yirik aloqalarni amalga oshirish istiqbollari o‘rganildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda YeOTBning investitsiya portfeli hajmi 15,4 mlrd dollarni tashkil etadi. 2026-yilga qadar investitsiyalar hajmini 22 mlrd dollardan oshirish reja qilingan. Bankning ustav kapitali 7 mlrd dollar, shundan to‘lanadigan kapital 1,5 mlrd dollarga teng.Qayd etilishicha, qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishi uchun huquqiy asos yaratishga, uning faoliyati doirasida to‘liq va samarali ishtirok etish huquqini ta’minlashga, shuningdek, bankga a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashishga, savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va investitsiya faoliyati orqali Yevroosiyo hududida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Hujjatga ko‘ra, ushbu bank o‘z faoliyatini xalqaro shartnomalar, xalqaro huquq, umume’tirof etilgan bank faoliyati tamoyillari va meyorlariga muvofiq amalga oshirishi, shuningdek, bank nizomi ushbu bitimga ilova qilingan holda tasdiqlanishi nazarda tutilgan.Shuningdek, bank nizomida Yevroosiyo taraqqiyot banki faoliyati, maqsad va vazifalari, funksiyalari, imtiyozlari, ustav kapitali va unga obuna bo‘lish shartlari hamda Bank boshqaruviga oid tartib-qoidalar belgilangan.Bundan tashqari, YeOTB ishtirokchi davlatlarning iqtisodiyoti va moliyaviy bozorlari holati, ularning investitsiya imkoniyatlari, pul-kredit va valyuta munosabatlari, bank va valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilik normalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashi, tizimlashtirishi va tahlil qilishi belgilanmoqda.Deputatlar Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishdi
O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilmoqda.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Senatning beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga (Ostona, 2006-yil 12-yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Bitimning asosiy maqsadi – investitsiya faoliyati orqali unga qo‘shilgan ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga va ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish.
Senator Odiljon Mamatkarimovning qayd etishicha, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga (YeOTB) a’zo mamlakatlar o‘rtasida transport logistikasi bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, bank ishtirokida yashil iqtisodiyot va yashil sanoatni qo‘llab-quvvatlash hamda gidroenergetika, infrotuzilmaviy qurilish va transport sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik yirik aloqalarni amalga oshirish istiqbollari o‘rganildi.
“Ushbu jarayonlarda xalqaro moliya institutlari ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalarning soni ham, ko‘lami ham kengaydi. Xususan, 2017-yildan buyon shunday institutlar mablag‘lari hisobidan 16 mlrd dollar o‘zlashtirildi va 103 ta loyiha ishga tushirildi. Bularning natijasida 5 millionga yaqin aholining kundalik xayotini yaxshilashga xizmat qilgan 9 mingta ishjimoiy va infrotuzilma inshooatlari qurildi va ta’mirlandi”, — dedi senator Odiljon Mamatkarimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda YeOTBning investitsiya portfeli hajmi 15,4 mlrd dollarni tashkil etadi. 2026-yilga qadar investitsiyalar hajmini 22 mlrd dollardan oshirish reja qilingan. Bankning ustav kapitali 7 mlrd dollar, shundan to‘lanadigan kapital 1,5 mlrd dollarga teng.
“Yevroosiyo taraqkiyot banki Kengashining 2024-yilgi tegishli bayonida bank ustav kapitalini qo‘shimcha 925 mln dollari yangi a’zo davlatlar uchun 20 mln dollar, shu jumladan, O‘zbekistonga 168,4 mln dollar miqdorida to‘lanilgan aksiyalarni taqsimot qilib belgilangan. O‘zbekiston Yevroosiyo taraqkiyot bankiga a’zo bo‘lib, kirish jarayonida jami 777,8 mln dollar, shundan 168,4 mln dollar to‘lanadigan va 609, 4 mln dollar talab qilib olishga qadar bo‘lgan aksiyalarni sotib olish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu aksiyalarga obuna bo‘lish natijasida O‘zbekistonning bankdagi ulushi dastlabki bosqichda 10 foizni tashkil etadi”, — dedi senator.
Qayd etilishicha, qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishi uchun huquqiy asos yaratishga, uning faoliyati doirasida to‘liq va samarali ishtirok etish huquqini ta’minlashga, shuningdek, bankga a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashishga, savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va investitsiya faoliyati orqali Yevroosiyo hududida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hujjatga ko‘ra, ushbu bank o‘z faoliyatini xalqaro shartnomalar, xalqaro huquq, umume’tirof etilgan bank faoliyati tamoyillari va meyorlariga muvofiq amalga oshirishi, shuningdek, bank nizomi ushbu bitimga ilova qilingan holda tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, bank nizomida Yevroosiyo taraqqiyot banki faoliyati, maqsad va vazifalari, funksiyalari, imtiyozlari, ustav kapitali va unga obuna bo‘lish shartlari hamda Bank boshqaruviga oid tartib-qoidalar belgilangan.
Bundan tashqari, YeOTB ishtirokchi davlatlarning iqtisodiyoti va moliyaviy bozorlari holati, ularning investitsiya imkoniyatlari, pul-kredit va valyuta munosabatlari, bank va valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilik normalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashi, tizimlashtirishi va tahlil qilishi belgilanmoqda.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro moliyaviy tashkilotdir. 17-yildan ortiq vaqt mobaynida YeOTB o‘z a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga, har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashib kelmoqda. YeOTBning ustav kapitali — 7 mlrd. Bank portfelidagi asosiy ulushni transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalarida integratsiya effektiga ega bo‘lgan loyihalar egallaydi.