Bishkekda Turkiy davlatlar hukumat rahbarlari iqtisodiy hamkorlikni muhokama qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Samarkande pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos zasedanie glav gosudarstv Organizatsii turkskix gosudarstv.
V Samarkande pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos zasedanie glav gosudarstv Organizatsii turkskix gosudarstv. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Obuna bo‘lish
Turkiy davlatlar tashkiloti hukumat rahbarlari Bishkekda uchrashib, hamkorlikni kuchaytirish va tashkilot mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borishadi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. 18 sentabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hukumat rahbarlari va vitse-prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadov, Qozog‘iston bosh vaziri O‘ljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi - Prezident administratsiyasi rahbari Odilbek Qosimaliyev, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ishtirok etadi.
Uchrashuvda iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, transport, raqamlashtirish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyati mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun: Turkiy davlatlar tashkilotiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiya kiradi. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilotning bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan.
Chuyskiy trakt v Respublike Altay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2025
Turli mamlakatlar turkiyshunoslari Oltoyda uchrashadi
Yangiliklar lentasi
0