https://oz.sputniknews.uz/20250916/shavkat-mirziyoev-namanganda-gazobeton-ishlab-chiqaruvchi-korxonaga-tashrif-buyurdi-51993340.html
Shavkat Mirziyoyev Namanganda gazobeton ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Namanganda gazobeton ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Gazobetondan qurilgan binonlarda elektr energiyasi xarajati 45 foizgacha qisqaradi. 16.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-16T12:44+0500
2025-09-16T12:44+0500
2025-09-16T12:44+0500
shavkat mirziyoyev
namangan
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/10/51992854_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_99434bda3977767daebc2bdb9b1df133.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Chust tumanidagi “Megaton” korxonasining gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasida bo‘ldi.Gazobeton - Germaniya texnologiyasi bo‘lib, u energiya tejamkorligini ta’minlaydi. Bino materialdan qurilgan binoni tashqi izolyatsiya qilish shart bo‘lmaydi, ichkaridagi issiqlik va salqinlik to‘rt karra kam yo‘qotiladi. Natijada elektr energiyasi xarajati 45 foizgacha qisqaradi.Ishlab chiqarishda “Megaton” korxonasiga qarashli “Namangan sement”ning 550 markali sementidan foydalaniladi. Bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratilgan. Korxonada 500 ta yangi ish o‘rni ochilgan.Prezident bu yerdagi ish jarayoni, laboratoriya va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar mahsulot sifati, issiq va sovuqqa chidamliligi haqida ma’lumot berdi.Mazkur korxonada yiliga 600 ming metr kub mahsulot ishlab chiqariladi. Bu viloyatda g‘ishtga bo‘lgan ehtiyojning 28 foizini qoplashi kutilmoqda.Loyihaning ikkinchi bosqichida avtoklav gazoblok devori, maxsus kley, kimoviy qorishma va suvoqlarni mahalliylashtirish rejalashtirilgan.
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/10/51992854_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_f4b9172ba1b5a797023a2a9e9a1c4e77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, namangan, namangan viloyati
shavkat mirziyoyev, namangan, namangan viloyati
Shavkat Mirziyoyev Namanganda gazobeton ishlab chiqaruvchi korxonaga tashrif buyurdi
Gazobetondan qurilgan binonlarda elektr energiyasi xarajati 45 foizgacha qisqaradi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Chust tumanidagi “Megaton” korxonasining gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasida bo‘ldi.
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan, "Turonbank" tomonidan moliyalashtirilgan gazoblok korxonasi qurilishiga 40 million dollar sarflangan. Bu yerga Xitoy, Germaniya, Daniya kabi davlatlardan innovatsion texnologiyalar olib kelib o‘rnatilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va samaradorligi yuqori.
Gazobeton - Germaniya texnologiyasi bo‘lib, u energiya tejamkorligini ta’minlaydi. Bino materialdan qurilgan binoni tashqi izolyatsiya qilish shart bo‘lmaydi, ichkaridagi issiqlik va salqinlik to‘rt karra kam yo‘qotiladi. Natijada elektr energiyasi xarajati 45 foizgacha qisqaradi.
Ishlab chiqarishda “Megaton” korxonasiga qarashli “Namangan sement”ning 550 markali sementidan foydalaniladi. Bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratilgan. Korxonada 500 ta yangi ish o‘rni ochilgan.
Prezident bu yerdagi ish jarayoni, laboratoriya va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar mahsulot sifati, issiq va sovuqqa chidamliligi haqida ma’lumot berdi.
Mazkur korxonada yiliga 600 ming metr kub mahsulot ishlab chiqariladi. Bu viloyatda g‘ishtga bo‘lgan ehtiyojning 28 foizini qoplashi kutilmoqda.
Loyihaning ikkinchi bosqichida avtoklav gazoblok devori, maxsus kley, kimoviy qorishma va suvoqlarni mahalliylashtirish rejalashtirilgan.