Suv xo‘jaligi vazirligi davlat dasturini Xitoy kompaniyasi bilan bajarishni rejalashtirmoqda

© Ministerstvo vodnogo xozaystvaMinistr vodnogo xozaystva Shavkat Xamrayev vstretilsya s delegatsiyey vo glave s predsedatelem kitayskoy kompanii CSCEC International Construction
Ministr vodnogo xozaystva Shavkat Xamrayev vstretilsya s delegatsiyey vo glave s predsedatelem kitayskoy kompanii CSCEC International Construction 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
Obuna bo‘lish
Xitoy kompaniyasi suv xo‘jaligidagi islohotlarini kengaytirish va elektr-energiyasi samaradorligini yaxshilashga qaratilgan loyihalarda hamkorlikka tayyor ekanligini aytib o‘tdi
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev Xitoy Xalq Respublikasining "CSCEC International Construction" kompaniyasi raisi Gao Bo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida Gao Bo O‘zbekistonning suv xo‘jaligidagi islohotlarini kengaytirish, sohani rivojlantirish, aholining turmush tarzini yaxshilash va elektr-energiyasi samaradorligini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

"Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni, jumladan, qurilish ishlarini "CSCEC International Construction" bilan birgalikda bajarishdan manfaatdormiz", - dedi Hamrayev

"CSCEC International Construction" Xitoy davlat qurilish korporatsiyasi guruhiga kiradi va korporatsiyaning chet eldagi faoliyatini olib boradi. 250 ta yirik xalqaro qurilish kompaniyalari orasida 7-o‘rinda turadi. “Forbes-2000” ro‘yxatida 66-o‘rinni egallagan. Aktivlarining yalpi qiymati 378,5 milliard AQSh dollariga teng.
Ma’lumot uchun: yuqorida aytib o‘tilgan 4-yillik dasturning faqatgina irrigatsiya tarmoqlarining 2 551 km qismini rekonstruksiya qilish uchungina har yili Davlat budjetidan kamida 1,3 trillion so‘m ajratish va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 300 million AQSh dollarini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.
Vstrecha s delegatsiyey JDB Group Limited
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2025
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda tabiiy boyliklarni qazib olishda hamkorlikka qiziqish bildirdi
Yangiliklar lentasi
0