O‘zbekiston Isroilning Qatarga hujumini qat’iy qoraladi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevFasad zdaniya s nadpisyu MID Uzbekistana
Fasad zdaniya s nadpisyu MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Obuna bo‘lish
TIV mazkur vaziyatni BMT nizomi hamda xalqaro huquqning asosiy meyor va tamoyillarini qo‘pol ravishda mensimaslik deb baholadi.
TOShKENT, 10-sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Isroilning Dohadagi harakatlarini qoralab, rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlik bayonoti hukumat portalida e’lon qilindi.
Bayonotda qayd etilishicha, bu xatti-harakatlar Qatar davlati suverenitetini, uning chegaralari daxlsizligini va xavfsizligini buzish sifatida baholanadi.
“Bunday amallar mutlaqo nomaqbul bo‘lib, BMT nizomi hamda xalqaro huquqning asosiy meyor va tamoyillarini qo‘pol ravishda mensimaslik hisoblanadi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday shakliga izchil qarshi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan har qanday qadamlar mintaqada barqarorlikka jiddiy tahdid solishini alohida ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval Shavkat Mirziyoyev G‘azo sektoridagi vaziyatdan chuqur qayg‘uda ekani hamda O‘zbekiston faqat “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyili asosida ayni masalaga adolatli yechim topish tarafdori ekanligini ma’lum qilgan edi.
Benyamin Netanyaxu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil G‘azo aholisini ko‘chib ketishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0