https://oz.sputniknews.uz/20250915/ozbekiston-yagona-davlat-imtihonlari-51974379.html
O‘zbekiston maktablarida yagona davlat imtihonlari joriy etiladi
O‘zbekiston maktablarida yagona davlat imtihonlari joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladi.
2025-09-15T15:06+0500
2025-09-15T15:06+0500
2025-09-15T15:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktab
imtihon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/26991420_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_cc0460777f155e2694fd2442d25b9bab.jpg
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. O‘zbekistonda maktablarning yuqori sinflari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazgan muloqoti davomida ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, hozir maktablarda 6,5 mln o‘quvchi ta’lim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. So‘nggi sakkiz yilda 500 taga yaqin yangi maktablar qurilib, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 mln o‘quvchi o‘rni yaratildi.Xususiy maktablarga sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘lgani, 200 mingdan ziyod o‘quvchi xususiy maktablarda o‘qiyotgani qayd etildi. Maktab ta’limida bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi. Maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladi.Har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olyapti. Masalan, 2016-yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlar xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi. Endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250915/yoshlarni-zamonaviy-kasb-hunarga-orgatish-yili-51973154.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/26991420_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_83871e2dad6c9614fea54ce4f49605ef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yagona davlat imtihonlari o‘zbekiston ma’lumot qachondan
yagona davlat imtihonlari o‘zbekiston ma’lumot qachondan
O‘zbekiston maktablarida yagona davlat imtihonlari joriy etiladi
Maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladi.
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. O‘zbekistonda maktablarning yuqori sinflari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazgan muloqoti davomida
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozir maktablarda 6,5 mln o‘quvchi ta’lim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. So‘nggi sakkiz yilda 500 taga yaqin yangi maktablar qurilib, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 mln o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Xususiy maktablarga sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘lgani, 200 mingdan ziyod o‘quvchi xususiy maktablarda o‘qiyotgani qayd etildi. Maktab ta’limida bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi.
O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi. Maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladi.
Har yili o‘n minglab maktab o‘quvchilari xorijiy til va fanlar bo‘yicha xalqaro sertifikatlar olyapti. Masalan, 2016-yilgacha jami 2 ming nafar maktab o‘quvchisi sertifikat olgan edi. O‘tgan yili xorijiy tillarning o‘zidan 150 ming yoshlar xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi. Endi bunday sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi.