https://oz.sputniknews.uz/20250915/abiturient-oliygoh-qabul-yangi-tartib-51979696.html
Bakalavriatga qabul qilishning yangi tartibi bo‘ladi - tafsilotlar
Bakalavriatga qabul qilishning yangi tartibi bo‘ladi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim bakalavriatiga kirish qoidalari va imtihon tartibi e’lon qilindi
2025-09-15T18:17+0500
2025-09-15T18:17+0500
2025-09-15T18:17+0500
o‘zbekiston
yangi qaror
yangi qonun
ta’lim
otm
qabul komissiyasi
abituriyent
test sinovlari
o‘zbek tili test
davlat test markazi (dtm)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37489237_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_d2572a07d1200372ee37b71a252ecd6e.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida o‘qishga qabul qilinadi: Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti, jumladan, ta’lim granti asosida; O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida. Kirish imtihonlari 2 bo‘limdan iborat bo‘ladi: Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi: Abituriyentning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichi yakunlangach, 1 hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250915/ozbekiston-yagona-davlat-imtihonlari-51974379.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37489237_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_78aa26bf70e7a8b7d5f172a9d59d845e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston oliy ta’lim qabul, bakalavriatga kirish tartibi, bakalavriatga qabul qoidalari, abituriyentlar uchun test imtihonlari, ona tili, matematika, tarix fanlari, kasbiy va ijodiy imtihonlar, qabul jarayoni ikki bosqich, bilim va malakalarni baholash agentligi, abituriyent natijalari e’loni, bakalavriat davlat granti
o‘zbekiston oliy ta’lim qabul, bakalavriatga kirish tartibi, bakalavriatga qabul qoidalari, abituriyentlar uchun test imtihonlari, ona tili, matematika, tarix fanlari, kasbiy va ijodiy imtihonlar, qabul jarayoni ikki bosqich, bilim va malakalarni baholash agentligi, abituriyent natijalari e’loni, bakalavriat davlat granti
Bakalavriatga qabul qilishning yangi tartibi bo‘ladi - tafsilotlar
Endilikda bakalavriatga qabul prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti va davlat komissiyasi tasdiqlagan parametrlar asosida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi
nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida o‘qishga qabul qilinadi:
Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti, jumladan, ta’lim granti asosida;
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida.
Kirish imtihonlari 2 bo‘limdan iborat bo‘ladi:
1-bo‘lim – barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan test sinovlari;
2-bo‘lim – abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki ta’lim yo‘nalishiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar.
Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqichda 5-iyundan 25-iyungacha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududi;
2-bosqichda test sinovi yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi.
Abituriyentning test sinovida to‘plagan ballari haqida ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi.
Abituriyentning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichi yakunlangach, 1 hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.