Endi fermerlarga yetishtirgan mahsulotini sotishda QQS nol stavkada bo‘ladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tish19-ya Rossiyskaya agropromishlennaya vistavka
19-ya Rossiyskaya agropromishlennaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Obuna bo‘lish
Shuningdek, mahsulotni yetishtirishda urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i, transport, elektr kabi xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti ham saqlanib qoladi.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun ajratildi. 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etildi. 1 milliard dollarlik 1 ming 500 ta oziq-ovqat loyihasi ishga tushirildi.
Lekin qishloq xo‘jaligida hamon yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizni tashkil etmoqda.
Prezident tomonidan mutasaddilarga dehqon va fermerlarga qulaylik yaratish, soliq yukini yengillashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.
Shunga muvofiq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, malakali xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida qishloq xo‘jaligini “soya”dan chiqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalari dehqon va fermerlarga o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini (g‘alla va paxtadan tashqari) sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkada bo‘ladi.

Natijada fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 milliard so‘m mablag‘ qoladi, yana 400 milliard so‘mlik soliqni qaytarib olish imkoniyati bo‘ladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po meram sozdaniya sepochki dobavlennoy stoimosti v selskom xozaystve
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po meram sozdaniya sepochki dobavlennoy stoimosti v selskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po meram sozdaniya sepochki dobavlennoy stoimosti v selskom xozaystve
Ta’kidlanishicha, bu yengilliklar soha vakillarining shaffof ishlashiga turtki beradi, joylarda yirik sanoatlashgan plantatsiyalar va qayta ishlash korxonalarining ko‘payishiga mustahkam zamin yaratadi.
Irrigatsionnim sistemi i sistemi kapelnogo orosheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2025
O‘zbekistonda 2028-yilga borib 14 mlrd kub metr suv tejaladi
Yangiliklar lentasi
0