Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi reja va loyihalarni belgilab berdi – tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provol soveshanie po effektivnosti reform i novim planam v Tashkentskoy oblasti
Prezident Shavkat Mirziyoyev provol soveshanie po effektivnosti reform i novim planam v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Obuna bo‘lish
Viloyatdagi 263 ta mahalla hali hech bir sohaga ixtisoslashmagan. Ularda bog‘dorchilik, uzumchilik, limon, malina, brokkoli yetishtirishni rivojlantirish topshirilgan.
TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari va kelgusi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha yig‘ilish davomida viloyatning invistitsion jozibadorligi va kelgusidagi rejalariga alohida to‘xtalib, sanoat va savdo zonalari hamda temir yo‘l transporti qurilishlariga oid bir qator rejalar ko‘rib chiqilgan.

“8 yil ichida viloyat iqtisodiyoti sezilarli rivojlandi: hududga 10 milliard dollar, tarmoqlarga 8 milliard dollar investitsiya jalb etilgan, 10 mingga yaqin sanoat, savdo va servis korxonalari ishga tushirilgan. Viloyatning sanoatdagi dinamikasini oshirish maqsadida xitoylik investorlar ishtirokida 2,1 milliard dollarlik sanoat parklari barpo etish rejalashtirildi”, – deyiladi xabarda.

Yig‘ilish davomida prezident savdo, sanoat hamda logistika sohalari bo‘yicha qator topshiriqlarni mutasaddilarga yuklagan:
Nurofshon, Olmaliq va Chirchiqda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda korxonalar uchun ikki nimstansiya qurish;
Bekobodda avtomobil ehtiyot qismlari, Oqqo‘rg‘onda oziq-ovqat va to‘qimachilik korxonalari ochish;
Ohangaron, Angren va O‘rta Chirchiqdan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanali bo‘yida turizm va savdo maskanlarini rivojlantirish.

"Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud. Asosiysi, viloyat yurtimizdagi eng yirik iste’mol va xizmatlar bozorini, ya’ni poytaxtimizni har tomondan o‘rab turadi. Bu ham juda katta imkoniyat. Uni to‘liq ishga solib, investitsiya, eksport va ish o‘rni ko‘rsatkichlarini karrasiga oshirsa bo‘ladi", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi va mahallalar bo‘yicha chora-tadbirlar ham muhokama qilingan. 263 ta mahalla hali hech bir sohaga ixtisoslashmagan. Ularda bog‘dorchilik, uzumchilik, limon, malina, brokkoli yetishtirishni rivojlantirish topshirilgan.
Elektrichka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Toshkent viloyatining barcha hududlari poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lanadi
Yangiliklar lentasi
0