Toshkent viloyatining barcha hududlari poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lanadi

© TashtransElektrichka
Elektrichka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, bu orqali u yerlarda ham yangi uy-joylar, infratuzilma va xizmatlarga talab oshadi, odamlar poytaxtga qatnab ishlashi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Toshkent viloyatining barcha hududlari poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda shunday vazifa topshirdi.
“Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lash vazifasi belgilandi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu orqali u yerlarda ham yangi uy-joylar, infratuzilma va xizmatlarga talab oshadi, odamlar poytaxtga qatnab ishlashi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Nurafshon va Toshkent tumanlarini bog‘laydigan temir yo‘l liniyasini yotqizish rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.
Aeroport mestnix avialiniy, Terminal 3 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Yangi xalqaro aeroport uchun Toshkent viloyatidan qancha yer ajratilishi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0